ⓘ Estrada, estrada sanati - 1 keng manoda - kongilochar, ommabop badiiy janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2 tor manoda - sahnaviy professional sanat turi. Ross ..

                                     

ⓘ Estrada

Estrada, estrada sanati - 1) keng manoda - kongilochar, ommabop badiiy janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2) tor manoda - sahnaviy professional sanat turi. Rossiya va boshqalar bazi mamlakatlarda E., Angliyada myuzikxoll, Fransiyada varyete, kafeshantan, kabare, AQShda shou, revyu kabi atamalar bilan yuritiladi. E.ning kelib chiqishi xalq ogzaki ijodi bilan bogliq bolsada, u muayyan sanat turi sifatida 19-asrda Yevropa yirik shaharlarining demokratik ijtimoiymadaniy muhitida yuzaga kelgan. E.ning asosiy shakli - maxsus joylarda, muntazam ravishda otkaziladigan E. konsertidir. U bir nechta artist ning badiiy tugal, turfa mazmundagi kichik chiqishlaridan iborat bolib, ifoda vositalarining londa va yorqinligi, oziga xosligi, ishtirokchilarning tomoshabin bilan bevosita muloqotda bolishi bilan ajralib turadi. E. tomoshalari bazan konferansye birlashtirgan mavzuli dastur asosida tuziladi. Yevropada E. tomoshalari dastlab kafe va restoranlarda, keyinchalik moslashtirilgan teatr binolari va boshqalar joylarda otkazilgan. Ularda soz ustalari, qoshiqchilar, raqqos va raqqosalar, shuningdek, akrobat, kozboglovchilar ishtirok etgan. Hozirda estrada sahnalarida monolog, felyeton, hajviy hikoya kabi nutq janrlari, E. raqsya, kuplet va E. qoshigi, kopgina sirk turlari, teatr miniatyurasi, qogirchoqbozlar chiqishlari, pantomima va boshqalar mavjud.

Ozbekistonda boshqa Sharq mamlakatlarida bolgani kabi E.ning rivojlanishi quyidagi korinishlarda bolgan: bir tomondan unda ananaviy sanat namunalari sahna talablariga moslashtirib ozgartirilgan yoki milliy janrlar negizida yangi sahna turlari yaratilgan M.Turgunboyeva Usta Olim bilan birgalikda ijod qilgan "Paxta", "Pilla" kabi ommaviy sahna raqslari. Ikkinchi tomondan Ozbekiston E.si chet el sanati shakl va uslublari ni ozlashtirishi bilan boyidi. 1956 yildan Ozbek estrada teatri, keyinchalik Ozbek davlat estrada birlashmasi 1996 yilgacha faoliyat korsatgan.

Hozirda Ozbekistonda E. sanatini rivojlantirish, E. jamoalari hamda yakka ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar "Ozbeknavo" birlashmasiga yuklatilgan. E. oquv yonalishi sifatida maxsus talim tizimiga kiritilgan. 1996 yildan Toshkent estrada kolleji, Ozbekiston davlat konservatoriyasi va boshqalar sanat musiqa oquv yurtlarida E. ftlari faoliyat korsatmoqda yana q. Miniatyuralar teatri, Ommabop musiqa.