ⓘ Esxil - yunon dramaturgi, tragediyaning otasi. Uning 80 dramasidan Eroniylar, Fivaga qarshi yettovlon, Oresteya, Iltijogoylar hamda Zanjirband Prometey bizgacha ..

                                     

ⓘ Esxil

Esxil - yunon dramaturgi, "tragediyaning otasi". Uning 80 dramasidan "Eroniylar", "Fivaga qarshi yettovlon", "Oresteya", Iltijogoylar hamda "Zanjirband Prometey" bizgacha yetib kelgan. Boshqa tragediyalaridan faqat parchalar malum. "Baliqchilar", "Elchilar yoki istmiyliklar" satirik dramalarining parchalari Misr papirus qogozlarida saqlangan.

E. Afina demokratiyasi avj olgan davrda yashagan va bu sharoit uning ijodiga ham tasir etgan. Tragediyaga 2aktyorni kiritib, uni chinakam dramatik janrga aylantirgan va dialog konfliktining yuzaga kelishiga imkon yaratgan. E. tragediyalari monumental, kompozitsiyasi mutanosib; ularda xor yetakchi orinda, personajlar tavsifnomasi ziddiyatlardan holi va qatiy maqsadga qaratilgan.

E. tragediyalarida insonparvarlik, vatanparvarlik kabi ijtimoiy va axloqiy muammolarni kotarib chiqqan. Prometey haqidagi trilogiyasidan faqat "Zanjirband Prometey" tragediyasi saqlangan. Prometey timsolida zulmga qarshi, adolat uchun kurashuvchi inson obrazini yaratgan. "Oresteya" trilogiyasi da qabilaurugchilik hayotidan saqlanib qolgan bazi zararli urfodatlar qoralangan. Asarlari kop tillarga tarjima qilingan. La.:Yarxo V.N., Esxsht, M, 1958; TrencheniVal dapfel I., Prometey prikovannmy i osvobojdennsh, "Antich. obshestvo" toplamida, M., 1967; Alimuxamedov A., Antik adabiyot tarixi, T., 1975.