ⓘ Etanolaminlar - rangsiz, aminlarga xos hidli, qovushoq gigroskopik suyuqliklar. Monoetanolamin, dietanolamin va trietanolamin farkdanadi. E. suv bilan cheksiz m ..

                                     

ⓘ Etanolaminlar

Etanolaminlar - rangsiz, aminlarga xos hidli, qovushoq gigroskopik suyuqliklar. Monoetanolamin, dietanolamin va trietanolamin farkdanadi. E. suv bilan cheksiz miqdorda aralashadi. Etanol, benzol, xloroformda yaxshi eriydi, geptanda oz eriydi. Aminlar va spirtlarning xossalarini namoyon qiladi.

Monoetanolamin NOSN2SN2TMN2ning mol.m. 61.08, suyuqlanish temperaturasi 10.6°, qaynash temperaturasi 171°, zichligi 1016 kg/m3. Dietanolamin N0SN2SN22N4 ning mol.m. 105.14, suyuqlanish temperaturasi 27.8°, qaynash temperaturasi 270°, zichligi 1097 kg/m3. Tr i e t a n o l a m i n NOSN2SN2^ ning mol.m. 149.19, suyuqlanish temperaturasi 21.2°, qaynash temperaturasi 360°, zichligi 1124 kg/m3.

E. - kuchsiz asoslar; mineral va kuchli organik kislotalar bilan tuzlar beradi. E. sanoatda etilenoksidnn suv ishtirokida 90 - 130° va 7 - YUMPa bosim ostida suyuq fazali ammonoliz qilish yoli bilan olinadi. Etilenoksid ammiak nisbati 1:15 bolganda reaksiya mahsuloti sifatida 78.3% mono, 16% di va 4.4% trietanolamin hosil boladi. Bu jarayonda etilenoksid konversiyasi 100% bolib, suv, mono, di va trietanolaminlar reaktifikatsiyalash usuli bilan ajratib olinadi. Lab. sharoitida E. ammiakni oksietillash, etilenxlorgidrinni aminlash, metilensiangidrinni gidrogenlash yoli bilan sintez qilinadi. E. adsorbent sifatida, emulgatorlar ishlab chiqarishda, dispergatorlar, kopik, yuvuvchi va tozalovchi vositalar, shampunlar, sirt faol moddalarni barqarorlashtiruvchi modda sifatida qollanadi.

Monoetanolamin etilendiamin, Mvinilpirrolidin va boshqalarni organik sintezlashda, dietanolamin - plastifikatorlar, korroziya ingibitorlari va boshqalar olishda ishlatiladi.

Zikrilla Isaboyev.