ⓘ Etilenglikol, 1.2 etandiol, HOCH 2 -CH 2 OH - 2 atomli oddiy spirt; rangsiz, hidsiz, shirin tamli qovushqoq gigroskopik suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi - 12 ..

                                     

ⓘ Etilenglikol

Etilenglikol, 1.2 etandiol, HOCH 2 -CH 2 OH - 2 atomli oddiy spirt; rangsiz, hidsiz, shirin tamli qovushqoq gigroskopik suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi - 12.7°, qaynash temperaturasi 197,° 6°, zichligi 1108.8 kg/m3. Suv, spirt, atseton, glitserinda yaxshi eriydi, benzol, toluol, dietil efir, uglerod tetraxloridda oz eriydi. 20% li suvdagi eritmasi - 8° da, 40% li eritmasi - 24° da, 66.7% li eritmasi - 75° da, 80% di eritmasi - 47° da, 90% li eritmasi - 29° da muzlaydi.

E. glikollarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Ishqoriy metallar va ishqorlar bilan glikolyatlar, organik kislotalar va ularning angidridlari bilan 1 va 2 almashingan murakkab efirlar, degidratlanganda atsetaldegid 2pS12ishtirokida, dietilenglikol №ON ishtirokida yoki dioksan N2804ishtirokida qizdirilganda, etilenoksid bilan polietilenglikollar HOCH 2 CH 2pOH hosil qiladi.

Sanotda E. etilenoksidni gidratlab olinadi. E.ning suv bilan aralashmasi antifriz sifatida ishlatiladi. Plastmassalar, suniy tola ishlab chiqarishda toqimachilik, atirupa, tamaki sanoatida qollanadi.