ⓘ Etnik birlik, etnos - kishilarning malum bir tarixiy davrda va ijtimoiy tuzumda tarkib topgan alohida barqaror etnik uyushmasi. Etnik birlik etnografik jihatdan ..

                                     

ⓘ Etnik birlik

Etnik birlik, etnos - kishilarning malum bir tarixiy davrda va ijtimoiy tuzumda tarkib topgan alohida barqaror etnik uyushmasi. Etnik birlik etnografik jihatdan "xalq" manosini’ anglatsada, lekin unga nisbatan aniq tushunchadir. Etnik birlik muayyan sharoitda tabiiytarixiy taraqqiyot jarayonda vujudga kelgan uyushmadir. Fanda Etnik birlik bosqichining 3 turi mavjud: qabila, elat va millat. Ketmaket almashib kelgan bu atamalar turli vaqtlarda vujudga kelgan bolib, ular oz davriga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladilar. Kishilar birlashuvining tabiiy negizi - hudud umumiyligi, shuningdek, ular tilining yaqinligi yoki umumiyligi Etnik birlikning vujudga kelishida asosiy shart hisoblanyli. Kopincha millatlarning tarkib topishida etnik birlikning turli tillarga mansub komponentlari ortasida olib borilgan xojalik, madaniy va boshqalar sohalardagi aloqalarning rivojlanishi bilan til umumiyligi qaror topgan. Bu jarayonni boshqarishda har xil ijtimoiy-iqtisodiy omillar va tabiiy muhitning alohida xususiyatlari tasirida moddiy va manaviy madaniyat, turmush va psixologik umumiylikning Etnik birlik uchun xarakterli bolgan belgilari shakllanadi. Bu elementlar hudud va til bilan bir qatorda Etnik birlikning muhim belgilari hisoblanadi. Bazan Etnik birlikning shakllanishiga diniy mushtaraklik, shuningdek, irqiy jihatdan yaqinlik ham muhim tasir korsatadi. Bunday yaqinlik Etnik birlikka kirgan va bir-biridan keskin farqlanadigan har xil irqiy komponentlar orasidagi metis guruhlarining hosil bolishida ham vujudga keladi. Shakllanib bolgan Etnik birlik yaxlit ijtimoiy organizm bolib, etnik jihatdan har xil bolgan nikohlar tufayli va nasldan naslga til, madaniyat, ananalar va boshqalarning otib borishi yoli bilan barqaror tus oladi. Yanada barqarorlik bolishi uchun ozining ijtimoiy-siyosiy hamda hududiy tashkilotini tuzishga harakat qiladi. Ammo vaqt otishi bilan Etnik birlik ning ayrim qismlari hududiy jihatdan ajralib ketish, turmush va madaniyatning kop tomonlarini ozlashtirish va boshqalar tilni qabul qilish holatlari ham uchraydi.

Kishilik jamiyati ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning malum bir bosqichida qabilalar uyushmasi hisoblangan Etnik birlik malum bir tarixiy sharoitda, hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida shakllanadi va yangi turi vujudga keladi. qadimiy davrlarda vujudga kelgan yangi Etnik birlik ni ifodalash uchun "elat" atamasi qabul qilingan. Elat - Etnik birlik bosqichining qabila uyushmasidan keyingi turidir. Tarixiy taraqqiyot davomida esa Etnik birlikning keyingi turi - millat shakllana boradi.