ⓘ Etnolingvistika - tilshunoslikning til va til egasi bolgan xalq orasidagi bogliqdik hamda munosabatlarni, til rivoji, vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik o ..

                                     

ⓘ Etnolingvistika

Etnolingvistika - tilshunoslikning til va til egasi bolgan xalq orasidagi bogliqdik hamda munosabatlarni, til rivoji, vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik omillarning birgalikdagi tasirini organuvchi sohasi. Til bilan etnik xususiyatlarning ozaro munosabati, bir-biriga tasiri ikki tomonlama boladi: etnik omillar ning til rivojiga tasiri va, aksincha, til vazifaviy imkoniyatlarining etnos va etnik xususiyatlarning shakllanishiga ijobiy tasiri. E. til va uning rivojiga turli etnik guruhlarning qanchalik hissa qoshganini, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik yoki ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini tadqiq qiladi. Tilshunoslikning etnik onomastika, areal lingvistika, lingvistik geografiya, dialektologiya, til tarixi, sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari E. erishgan ilmiy natijalardan foydalanadi. E., ayniqsa, yozuvga ega bolmagan xalqlarning etnografiyasini organishda, ularning tillaridagi etnik xususiyatlar bilan bogliq lisoniy materiallarni toplash va tadqiq qilishda qol keladi.

                                     

1. Adabiyot

  • Zveginsev V.A., Etnolingvistika, v yego kn.: Istoriya yazshkovedeniya XIX - XX vv. v ocherkax i izvlecheniyax, t. 2, M., 1965; Etnicheskaya onomastika, M., 1971; Etnicheskayatoponimika, M., 1987.