ⓘ Etnonimika - leksikologiyaning etnonimlarnn organuvchi bolimi. E. tilshunoslikning onomastika sohasi tarkibiga kiradi. E. malum etnos tilidagi urug, qabila, ela ..

                                     

ⓘ Etnonimika

Etnonimika - leksikologiyaning etnonimlarnn organuvchi bolimi. E. tilshunoslikning onomastika sohasi tarkibiga kiradi. E. malum etnos tilidagi urug, qabila, elat, millat va boshqalar xil etnik birliklar nomini toplash, ularning paydo bolishi, nomlanishidagi asosiy motivlar, nomlarning lugaviy tarkibi, undagi subtrat va adstrat materialning orni, etnonimlarning mano va etimologiyasi, yasalishi, etnonimik lugatlarni tuzish tartibqoidalari kabi muammolar bilan shugullanadi. Ozbek tili etnonimlarga boy bolib, ular negizida xalqning qadimiy totemistik tasavvurlari, tamga, maxsus belgilarga asoslanish, son, miqdor tushunchalariga tayanib nomlash, hajm, shakl tushunchalari, rangtus bilan bogliq tushunchalar, etnosning ijtimoiy-siyosiy ahvoli, mavqei, etnosning kasbkori, etnosning yashash joyi, urug, qabila boshliqlarining nomlari yotishini korsatadi.

Turkiy E.ni, jumladan, ozbek E.ni organish ishiga taniqli turkiyshunoslar N.Aristov, V.V.Radlov, V.V.Bartold, S.P.Tolstov, S.M.Abramzon, L.V.Gumilyov, D.Ye.Yeremeyev, N.A.Baskakov, L.V.Zuyev, A.N.Xanikov, B.A.Jdanko, B.X.Karmisheva, A.A.Valitova, S.Ataniyozov, D.Aytmurodov, R.G.Kuzeyev; ozbek olimlaridan Yahyo Gulomov, B.Ahmedov, K.Shoniyozov, A.Muhammadjonov, X.Doniyorov, S.Gubayeva, T.Nafasov, A.Otajonova va boshqalar munosib hissa qoshdilar.

E. oz tahlillarida tilshunoslikdan tashqari tarix, etnografiya, geografiya, psixologiya, dinshunoslik va boshqalar fanlarning ilmiy usullaridan ham foydalanadi.

                                     

1. Adabiyot

  • D oniyoro v X., Ozbek xalqiningshajara va shevalari, T., 1968; Etnonimn, M., 1970; Yeremeyev D.Ye., Etnonimm tyurok, M., 1971; Shaniyazov K., K etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda, T, 1974; Aytmuradov A., Tyurkskiye etnonimm, Nukus, 1986; Hasan Ato Abushiy, Turkiy qavmlar tarixi, T, 1995.

Ernst Begmatov.