ⓘ Efiop yozuvi - jan. arabiy konsonant alifbo asosida kelib chiqqan boginli yozuv. Har bir belgi S+U tarzidagi ochiq boginni ifodalaydi, unlining tabiatidan kelib ..

                                     

ⓘ Efiop yozuvi

Efiop yozuvi - jan. arabiy konsonant alifbo asosida kelib chiqqan boginli yozuv. Har bir belgi S+U tarzidagi ochiq boginni ifodalaydi, unlining tabiatidan kelib chiqqan holda, qoshimcha chiziqlar bilan farqlanuvchi 7 variantga ega: qisqa a, choziq y, 1, a, yo, o, undosh+ye. "Undosh+qisqa a" belgisi asosiy variant hisoblanadi, qolganlari esa unga nisbatan belgilanadi. Efiop yozuvi chapdan onga qarab yoziladi; u Efiopiyadagi turli tillar, mas, qadimiy efiop, amxara, tigray, tigre, oromo va boshqalarda qollanadi.

Miloddan avvalgi 1-ming yillik ortalarida Yamandan kochib kelganlar bilan Efiopiyaga jan. som alifbosining bir tarmogi - jan. arabiy konsonant alifboli yozuv kirib kelgan. U milodiy 5-asrgacha jan. arabiy yozuv bilan parallel rivojlangan holda istemolda bolgan. Boginli Efiop yozuvi belgilarning qadimiy jan. som alifbosidagi tartibini va harflarning qadimiy nomlarini bu nomlar finikiycha nomlar bilan mos keladi saqlab qolgan. 4 - 5-asrlarda Aksum davlatida, chamasi, yunon madaniyati va yunon alifbosi tasirida Efiop yozuvi isloh qilindi: unlilar uchun belgiifodalar joriy etiladi va yozuv yonalishi ozgartiriladi. Efiop yozuvi jan. arabiy alifbodagi 29 belgidan 24 tasini saqlab qolgan; efiop tillarigagina xos bolgan tovushlar uchun mavjud belgilar shaklini bir oz ozgartirish yoli bilanyangi belgilar yaratiladi. 14-asr ortalarida amxar tilining tovushlarini ifodalash uchun yana 7 belgi ishlab chiqiladi. Belgilarning umumiy soni turli tillarda 202 tadan 270 tagacha yetadi. Efiop yozuvining kursiv shakli ishlab chiqilmagan.