ⓘ Effuziya, gidrodinamika. Effuziya - gazning kichik teshiklardan sekinlik bilan oqib chiqishi. Ikki holat farqlanadi: 1 holat - teshikning diametri gaz molekulal ..

                                     

ⓘ Effuziya (gidrodinamika)

Effuziya - gazning kichik teshiklardan sekinlik bilan oqib chiqishi. Ikki holat farqlanadi: 1 holat - teshikning diametri gaz molekulalarining erkin harakatlanish uzunligiga nisbatan juda kichik. Bu holda idishdagi gaz bosimi juda kichik boladi. 2-holat - teshikning diametri gaz molekulalarining ortacha erkin harakatlanish uzunligidan katta. Bu holda idishdagi gaz bosimi ancha katta boladi. 1holda molekulyar oqib chiqish hodisasi yuz beradi va molekulalar ortasidagi toqnashuvlar hech qanday ahamiyatga ega bolmaydi. 2holda gaz molekulalari teshikdan oqim tarzida chiqadi va vaqt birligi mobaynida chiqadigan gaz hajmi gaz zichligining kvadrat ildiziga teskari mutanosib boladi. Gazlarning zichligini ularning juda kichik teshikdan muayyan vaqg birligida oqib chiqishi boyicha aniqlash usuli shu qonuniyatga asoslangan. Agar idish ichidagi bosim tashqi bosimdan ancha katta bolsa, oqib chiqayotgan gaz miqdori idishdagi bosimga totri mutanosib boladi. E. hodisasi gidrodinamikada, gidrotexnikada, gaz quvurlarini otkazishda, ilmiy tekshirish ishlarida juda muhim.