ⓘ Echki - quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli kavsh qaytaruvchi hayvon. E. turli iqlimsharoitga tez moslasha olishi tufayli dunyoning koplab mamlakatlari ..

                                     

ⓘ Echki

Echki - quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli kavsh qaytaruvchi hayvon. E. turli iqlimsharoitga tez moslasha olishi tufayli dunyoning koplab mamlakatlarida uchratish mumkin. Xonaki E.lar yovvoyi bezoar va burama shoxli echkilardan tarqalgan deb hisoblanadi. E. dastlab xonakilashtirilgan mahsuldor hayvonlar jumlasiga kiradi. Anov da topilgan qazilmalar E. Orta Osiyoda mil.dan bir necha ming yil avval boqilganini korsatadi. E., asosan, sut, gosht, jun, tivit, teri va boshqalar uchun boqiladi. Ortacha 9 - 10 yil yashaydi, xojalikda 7 - 8 yil foydalaniladi. Uloqlari 5 - 8 oyligida jinsiy yetiladi, 14 - 18 oyligida qochiriladi. Bogozlik davri 5 oyga yaqin. Xonaki zotlarining kopi serpusht: har 100 bosh urgochi echkidan 150 - 250 uloq olinadi. Yaxshi ozuqa sharoitida asrab boqilganda yiliga 2 marta bolalaydi. Takalarining tirik vazni 60–65 kg dan 100 kg gacha, urgochilariniki 40–60 kg. Olinadigan mahsulotga qarab tivit, jun, gosht, sut, teri, moyna va aralash mahsulotlar beradigan E. zotlari bor. Sersut zotlaridan yiliga ortacha 450–550 kg gacha sut sogib olinadi. Sutining yogliligi 3.8 - 4.5%. Serjun zotlar juni uz. 15 - 18 sm, takalaridan 4–6 kg, urgochilaridan 3–5 kg dan jun qirqib olinadi. Sertivit zotlaridan 0.2 - 0.5 kg dan 2 kg gacha tivit tarab olish mumkin. Yaxshi boqilgan katta yoshdagi E. 20–28 kg gosht va 4–6 kg yog, 7 - 10 oylik E.lar esa 12 kg gosht va 1.5 kg yog beradi. E. olat, chechak va sil kasalliklarini yuqtirmasligi, oqsil va yengil ozlashtiriluvchi yoglarga boy sut berishi bilan etiborli. E. sutida mis, rux, marganets, yod, kumush va boshqalar shu kabi mikroelementlardan tashqari kamqonlikning oldini olishda muhym ahamiyatga ega bolgan kobalt moddasi nisbatan kop uchraydi. Ozbekistonda jaydari echkilardan tashqari angor echkisi, zaane echki zoti, orenburg echki zoti va boshqalar boqiladi. Orta Osiyoda 20-asrning 30 - 60- yillarida mahalliy dagal junli echkilarni angor zoti takalari bilan chatishtirib serjun echki zoti chiqarilgan.