ⓘ Echkichilik - chorvachilikning echkilarni boqish va kopaytirish bilan shugullanuvchi tarmogi. Jahon boyicha 709.9 mln. bosh echki boqiladi. Uning asosiy qismi O ..

                                     

ⓘ Echkichilik

Echkichilik - chorvachilikning echkilarni boqish va kopaytirish bilan shugullanuvchi tarmogi. Jahon boyicha 709.9 mln. bosh echki boqiladi. Uning asosiy qismi Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika mamlakatlariga togri keladi. E. xojaliklari tog, baland tog otloqlari, chol yaylovlari va dashtlarda joylashgan. Iqlim sharoitiga moslashgan serjun echki zoti Ozbekistonning jan. mintaqalarida, angor echkisi Turkiya, AQSH, Janubiy Afrika Respublikasi, Avstriya va qisman Madagaskar o.ida, kashmir echkisi Tibetda, orenburg, oltoy echkilari Rossiya da yetishtiriladi va ulardan foydalaniladi. E.ning sut, jun, tivit yonalishlari mavjud. Sut echkichiligi Yevropa mamlakatlari, Rossiyaning markaziy hududlari, Shim. Kavkaz, Qrim, Zakavkazye, Orta Osiyoda, jun echkichiligi Turkiya, AQSH, Afrika, Avstraliya, Orta Osiyo, Qozogistonda; tivit echkichiligi Tibet, Rossiyada keng rivojlangan. Kop mamlakatlarda echki suti uchun bokiladi. Echki suti yengil hazm boladi, ayniqsa, bolalar va oshqozoni kasal odamlar uchun nihoyatda foydalidir. Echki sutidan pishloq va boshqalar turli parhez mahsulotlar ham tayyorlanadi. Echki goshti toyimliligi va tami jahatidan qoy goshtidan qolishmaydi. Maxsus serjun zot echkilardan kokili uzun, ipaksimon tovlanadigan jun olinadi. Juni bir xil, chidamli, pishiq, elastikligi tufayli ulardan kostyumbop gazlamalar, gilam, trikotaj buyumlar ishlab chiqariladi. Terisidan shavro, xrom va boshqalar olinadi, postak qilinadi, qalin junli terilardan moyna tayyorlanadi. Echki tivitidan jahonga malum va mashhur romollar va sharflar toqiladi. E. Uzbekistonda qadimdan rivojlangan. Namangan viloyatining Chust, Pop, Kosonsoy, Toshkent viloyatining tog oldi tumanlarida, Samarqand viloyatining ayrim xojaliklarida, Navoiy viloyatining Nurota va Surxondaryo viloyatining Boysun tumanlarida boqib kopaytiriladi. Hozirgida E. sohasida naslchilik ishlarini tashkil qilish, ularni asrash, parvarish qilish, ulardan sifatli mahsulotlar olish boyicha ilmiyamaliy ishlar Ozbekiston chorvachilik instituti, qishloq xojaligi oliy oquv yurtlari kafedralarida olib boriladi.

                                     

1. Adabiyot

  • Vorobyev P.A. i dr., Ovsevodstvo, kozovodstvo i texnologiya proizvodstva shersti i myasa, M., 1988; Am irov A., Echkichilik fanini organish boyicha qollanma, T., 1993. Abdusattor Amirov.