ⓘ Eshitish analizatorlari, eshitish sistemasi - tovush tebranishlarini eshitish organlari orqali sezib, tahlil qiladigan mexanik retseptorlar va nerv tuzilmalari ..

                                     

ⓘ Eshitish analizatorlari

Eshitish analizatorlari, eshitish sistemasi - tovush tebranishlarini eshitish organlari orqali sezib, tahlil qiladigan mexanik retseptorlar va nerv tuzilmalari majmui. Eshitish analizatorlarining tuzilishi, ayniqsa, uning periferik qismi odamda va hayvonlarda farq qiladi. Eshitish analizatorlari hasharotlarda timpanal organ, suyakli baliqlarda suzgich pufagi hisoblanadi. Suzgich pufagining tebranishi veberov apparatiga, undan ichki quloqqa otadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlarning ichki qulogida qoshimcha retseptor hujayralar rivojlanadi. Yuksak umurtqalilar, jumladan, kopchilik sut emizuvchilarda Eshitish analizatorlari tashqi, orta va ichki quloq, shuningdek, eshitish nervi hamda ketmaket tutashgan nerv markazlaridan iborat. Eshitish analizatorlari markaziy bolimining rivojlanishi ekologik omillar va Eshitish analizatorlarining hayvonlar xattiharakatidagi ahamiyati bilan bogliq. Eshitish nervi tolalari chiganoqdan nerv markazlaridan biri - koxlyar yadrolariga boradi; chap va ong koxlyardan chiqadigan nerv tolalari Eshitish analizatorlarining ikki yoni boylab simmetrik joylashgan bolib, yuqori olivaga kelib tutashadi. Tovush tebranishlarini aniqlashda chiganoq tosigi asosiy ahamiyatga ega. Bu tosiq tovushni mexanik spektral analiz qiladigan, chiganoq tosigi boylab qator joylashgan filtrlasheshitish retseptorlaridan iborat. Retseptorlar 0.1 dan 10 nm diapazondagi tebranishlarni qabul qiladi. Eshitish analizatorlari markaziy bolimida joylashgan neyronlar muayyan tovush tebranishlariga sezgir. Eshitish analizatorlarining nerv elementlari tovush tebranishlari bilan birga tovush kuchi, davomiyligi va boshqalar xususiyatlariga ham tasirchan. Markaziy nerv sistemasi va, ayniqsa, uning yuqori qismi neyronlari tovushning murakkab belgilari ga sezgir boladi.