ⓘ Ehtiyojlar - organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur bolgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy ..

                                     

ⓘ Ehtiyojlar

Ehtiyojlar - organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur bolgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy va amaliy iqtisodiyotning fundamental kategoriyalaridan biri. E. subyekt bilan uning faoliyati ortasidagi boglanishlarni ifoda etadi va maqsadlar, mayllar, intilishlarda va pirovardida hattiharakatlar, felatvorda yuzaga chiqadi. Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; obyektiga qarab moddiy, manaviy; subyektiga kora yakka, guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy E. bolishi mumkin. E.ning umumiy qonuniyati - ularning umuman bevosita inson faoliyatiga, xususan, ijtimoiy ishlab chiqarish ga bogliq bolishidir. Ayni payda faollikka undovchi kuch bolgan E., oz navbatida, hayot sharoitlariga tanlama tasir korsatadi, ularning oziga xos tomonlarini belgilaydi, u yoki bu faoliyat usullarini va E.ni qondiradigan predmetlar ishlab chiqarishni ragbatlantiradi. Mas, bir vaqtlar kishilarda avtomobilga paydo bolgan E. ularni yaratish yolida izlanishlarning boshlanishiga sabab boldi, butun bir sanoat tarmogining paydo bolishiga olib keldi.

Tarixan E. osib boradi, ular xilmaxil, ozgaruvchan, tuzilmaviy ozgarishlarga uchrab turadi. E. tizimida iqtisodiy ehtiyojlar asosiy orinda turadi. Ularga birinchi navbatda, moddiyashyoviy E. moddiy va manaviy - oziq-ovqat mahsulotlariga, kiyimkechak, axborot vositalari gazeta, kitob va boshqalarga E., shuningdek, iqtisodiy E. tuzilmasida oliy orinda turadigan mehnat qilish, talim olish, sogliqni saqlash E.i kiradi.

Iqtisodiy E.ni ham ularni royobga chiqaradigan subyektlariga qarab tasniflash mumkin shaxsiy - yakka, jamoa va ijtimoiy - umumiy E.

Bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodiy E. pul bilan vositalanadi va talab sifatida yuzaga chiqadi qarang Talab va shaklif. Ishlab chiqarish va E. ortasidagi teran ichki boglanishlar ehtiyojlarning osib borishi qonunida oz ifodasini topadi. Iqtisodiyotning butun tarixini eng oddiy E.dan tobora har tomonlama rivojlangan inson E.ining shakllanishiga otish tarixi tarzida qarash mumkin.

Sherqul Shodmonov.