ⓘ Ehtiyotsizlik - ayb shakllaridan biri. Qilmish oz-oziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilishi mumkin. Ozbekiston Respublikasi JKda ana shu har 2 hola ..

                                     

ⓘ Ehtiyotsizlik

Ehtiyotsizlik - ayb shakllaridan biri. Qilmish oz-oziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilishi mumkin. Ozbekiston Respublikasi JKda ana shu har 2 holatda sodir etilgan jinoyat quyidagicha tariflanadi: "Agar jinoyatni sodir etgan shaxs oz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga kozi yeta turib, ehtiyotkorlik choratadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan bolsa, bunday jinoyat oz-oziga ishonish oqibatida sodir etilgan deb topiladi. Agar jinoyat sodir etgan shaxs oz xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga kozi yetmasada, lekin kozi yetishi lozim va mumkin bolsa, bunday jinoyat beparvolik orqasida sodir etilgan deb topiladi". E. tushunchasi Ozbekiston Respublikasining mamuriy, fuqarolik, mehnat huquqlarida ham uchraydi. Oz xususiyatlariga kora, E. orqasida sodir etilgan jinoyatlar qonunchilik asosida aybning birmuncha xavfsiz shakli deb belgilangan.