ⓘ Ehtiros - butun vujudni qamrab oluvchi kuchli kotarinkilik tuygusi; uzluksiz, davomli, barqaror hissiy holat. E.ning namoyon bolishi, kechishi va kuchayishining ..

                                     

ⓘ Ehtiros

Ehtiros - butun vujudni qamrab oluvchi kuchli kotarinkilik tuygusi; uzluksiz, davomli, barqaror hissiy holat. E.ning namoyon bolishi, kechishi va kuchayishining sabablari xilmaxil. Uning negizida odamning ongli etiqodi, shaxsiy goyasini royobga chiqarish istagi, oz qarashlarini amalda qaror toptirish xohishi yotadi. Joshqin tuygular, tabiat gozalligiga oshnolik hissi, sportga ishqivozlik, shahvoniy moyillik, shuningdek, qimor, giyohvandlikka berilish, diniy fanatizm E.ning omillari bolishi mumkin. E.ning kelib chiqishiga bazi ruhiy xastalik dagi hissiy holatlar sabab boladi. E. faol harakatga turtki beradi, xissiy va irodaviy xislatlarni uygunlashtiradi. Shaxsning manaviy, aqliy, axloqiy, jismoniy fazilatlari qoshilib buyuk ishlar, yuksak jasorat, tengsiz kashfiyotga yetaklaydi. E. insonni oz oldiga qoygan maqsadini royobga chiqarishga butun gayratini safarbar etuvchi korinishga ega. Mehnat qilishga, bilim olishga intilish, jasorat, fidoyilik - ijobiy E. namunasi bolsa, shaxsiyatparastlik, hirsga berilish, qasoskorlik, huquqtartibotni buzishga qaratilgan harakat salbiy E.ga misol boladi.

Ergash Goziyev.