ⓘ Etalon, tushuncha. Etalon - biror narsaning ideal namunasi, olchovi yoki turi ; fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan ..

                                     

ⓘ Etalon (tushuncha)

Etalon - biror narsaning ideal namunasi, olchovi yoki turi ; fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan olchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna olchovlar hamda olchash asboblari. Har qanday buyum yoki olchash natijasi E.ga solishtiriladi. E. birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat E.lari, E. guvoh, solishtirma E., ishchi E., E.nusxalarga bolinadi.

Birlamchi E. mamlakatda eng aniq shu birlikdagi boshqa E.ga nisbatan birliklarni qayta tiklashni taminlaydi. Ikkilamchi E. qiymati birlamchi qiymat boyicha belgilanadi. Maxsus E. alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taminlaydi va shu sharoitlar uchun birlamchi E. vazifasini otaydi. Davlat E.lari mamlakat uchun dastlabki olchov birligi sifatida rasmiy tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus E.dan iborat. E.guvoh davlat E.ining saqlanishini tekshirish va buzilgan yoki yoqolgan taqdirda uni almashtirish uchun moljallangan ikkilamchi E.dan iborat. Solishtirma E. biror sababga kora bir-biriga solishtirish mumkin bolmagan E.ni solishtirish uchun moljallangan ikkilamchi E. Ishchi E. birliklarning olchamlarini yuqori aniqlikda olchaidigan namuna vositalariga, bazan eng aniq ishchi olchash vositalariga otkazish uchun moljallangan. E.nusxa birliklarning olchamlarini ishchi E.ga otkazish uchun moljallangan ikkilamchiE.dan iborat.

Olchamlar va ogirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli E.lari xalqaro va milliy E. hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Ozbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen E.lari xalqaro E. bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, olchov E.lardan foydalaniladi. Mas, don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar Ozbekistonda E. larni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Ozstandart" agentligi shugullanadi.