ⓘ Yagana, yaganalash - ekinlarning qalinligini meyordagi zichlikka keltirish uchun siyraklash; qatordagi yoki osimlik uyalaridagi ortiqcha nihollarni olib tashlas ..

                                     

ⓘ Yagana

Yagana, yaganalash - ekinlarning qalinligini meyordagi zichlikka keltirish uchun siyraklash; qatordagi yoki osimlik uyalaridagi ortiqcha nihollarni olib tashlash. Osimlikning jadal rivojlanishi va mol hosil toplashini taminlaydigan agrotexnik tadbirlardan biri. Vegetatsiya davrining boshida osimliklarning osib, rivojlanishiga qulay sharoit yaratish va sifatli hosil olish maqsadlarida otkaziladi. Barcha chopiq qilinadigan ekinlar Ya. qilinadi. Ya. kultivatorlar, maxsus Ya.lash mashinalari yordamida yoki qolda bajariladi. Ya. goza, qand lavlagi 2 chinbarg chiqarganidan song, sabzavot ekinlarida ildizmeva hosil bolayotgan davr boshida otkaziladi. Goza qator orasi 60 sm qilib ekilganda har bir metrda 8 - 9 tup kochat qoldirilishi, ildizmevalilarda Ya.dan keyin tup orasi sholgomda 5 - 7 sm, sabzida 3 - 5 sm bolishi kerak; qovoq, qovuntarvuzda har uyada bir tupdan nihol qoldiriladi. Ya. kechikib otkazilsa, tuproqdan oziq moddalar kop yoqotiladi va tuproq nami kamayib, osimliklar bir-birini siqib qoyadi, ildizlari chalkashib osishi sekinlashadi, hosildorlik pasayadi, bazan ekinlar nobud boladi.