ⓘ Yagona iqtisodiy makon - iqtisodiy ittifoqqa birlashgan bir necha davlatlar tomonidan tashkil etiladigan yaxlit iqtisodiy hudud. Xojalik aloqalarini takomillash ..

                                     

ⓘ Yagona iqtisodiy makon

Yagona iqtisodiy makon - iqtisodiy ittifoqqa birlashgan bir necha davlatlar tomonidan tashkil etiladigan yaxlit iqtisodiy hudud. Xojalik aloqalarini takomillashtirish, iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida tovarlar, xizmatlar, kapitallar va mehnat resurslarining erkin harakatini taminlashga xizmat qiladi. Bu makonga kirgan davlatlar, shuningdek, korxonalar, xususiy firmalar, kompaniyalar uchun bir xil raqobat sharoitlari yaratiladi. Yagona iqtisodiy makonm. shakllanishi obyektiv iqtisodiy jarayon. U ixtiyoriylik va ozaro manfaat asosida kechadi va bir necha milliy xojaliklarda iqtisodiy osishni taminlashga qaratilgan ozaro ishlab chiqarish, savdosotiq va madaniy aloqalarni muntazam rivojlantirish negizida jamiyatda yangi sifat ozgarishlarini vujudga keltiradi. Yagona iqtisodiy makonm. integratsiyaning yuqori darajasi bolib, uning shakllanishi uchun muayyan bosqichlar otilishi kerak.

YA.i.m. shakllanishi uchun mamlakatlar ortasida savdoiktisodiy hamkorlik moddiy asos hisoblanadi. Bunday hamkorlikda mamlakatlar ortasidagi ikki va kop tomonlama savdoda eng qulay sharoitlar rejimini yaratib berish, ikki tomonlama soliq solishga barham berish haqidagi kelishuvlar asosiy orinda turadi. Yagona iqtisodiy makonm. shakllanishidagi keyingi bosqich - erkin savdo zonasining tashkil topishidir. Erkin savdo zonasida mamlakatlar tarif va notarif chegaralashlarni, yani bojxona tolovi, kvotalar va boshqalar tosiqlarni olib tashlashni taminlaydilar. Yagona iqtisodiy makonm. shakllanishi tomon qoyiladigan keyingi qadam - bojxona ittifoqidir. Bojxona ittifoqi erkin savdo zonasidagi mamlakatlarning uchinchi mamlakatlarga nisbatan kelishilgan siyosat yuritishini ishlab chiqishdan boshlanadi. Bojxona ittifoqining yuqori bosqichi - yagona bojxona hududi hisoblanadi. U ichki bojxona chegaralarini asta-sekin bekor qilish va bojxona ittifoqi boshqaruv organlarini tashkil qilishni kozda tutadi.

YA.i.m. shakllanishida keyingi bosqich hisoblangan umumiy bozor bojxona ittifoqi transformatsiyasi asosida zaruriy iqtisodiy sharoitlarining yetilganlik darajasiga qarab shakllanadi. Umumiy bozor sharoitida tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapitallarning hudud boylab erkin harakat qilishiga keng yol ochib beriladi. Shuningdek, moliya, bank, sugurta va boshqalar sohalarda muvofiqlashtirilgan siyosat yuritiladi.

YA.i.m.ga birlashayotgan mamlakatlarda mashinalashgan i. ch. chuqur ixtisoslashgan bolishi, iqtisodiy rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin bolishi, shuningdek, hududiy birlikni tashkil qilishi kerak.

YA.i.m.ni bozor iqtisodiyotining fantexnika sharoitidagi rivojlanishi keltirib chiqardi, chunki u chuqur ixtisoslashuv va iqtisodiy tenglashuvni va yuksak samaradorlikni taminlaydi. Mas, hozirgi davrda Garbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasida 25 ta mamlakat birlashgan bolib, bu mamlakatlar hududida tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapital aylanish erkin harakat qiladi. Yevropa Ittifoqi jahonning 7 % aholisiga ega bolgan holda jahon yalpi mahsulotining qariyb uchdan bir qismini ishlab chiqaradi va jahon eksportining qariyb yarmi uning hissasiga togri keladi. Shuningdek, mavjud AQSH - Kanada, Lotin Amerikasi mamlakat’lari Yagona iqtisodiy makonm. zonalarida ham ishlab chiqarish barqaror rivojlanib bormoqda. 2004 yil iyunda bolib otgan MDH davlatlari rahbarlari yigilishida Ostona shahri, Qozogiston Qozogiston, Ozbekiston, Qirgiziston, Tojikiston, Rossiya ishtirokida Yagona iqtisodiy makont. tashkil etish boyicha qaror qabul qilindi.

Toliq shakllangan Yagona iqtisodiy makonm. doirasida iqtisodiy faoliyatning yuqori darajadagi birligi va ozaro muvofiqlashuviga erishiladi, yagona valyutadan foydalaniladi, yagona bojxona bojlari joriy etiladi, yagona iqtisodiy siyosat asoslari yaratiladi.