ⓘ Yadro spektroskopiyasi - atom yadrosi tuzilishi xususiyatlari va aylanishlarini organadigan yadro fizikasi sohasi; bunda radioaktiv bolinishda yoki yadro reaksi ..

                                     

ⓘ Yadro spektroskopiyasi

Yadro spektroskopiyasi - atom yadrosi tuzilishi xususiyatlari va aylanishlarini organadigan yadro fizikasi sohasi; bunda radioaktiv bolinishda yoki yadro reaksiyalarida hosil boladigan zarralarning energetik spektri, intensivligi, burchak boyicha taqsimlanishi va qutblanishini olchash boyicha turli holatdagi yadrolarning xossalari tekshiriladi. Yadrolarning tuzilishi va yadroviy kuchlar haqidagi talimot uch manbaga: radioaktiv yemirilish, yadro reaksiyalari va yuqori energiyalar fizikasiga asoslangan. Radioaktiv yadrolar yemirilganda hosil boladigan turli xil nurlanishlarni organib, yadroning tuzilishi haqida malumot olinadi. Yadro tuzilishini organish maqsadida nazariy jihatdan yadro modellari yaratilib, uning haqiqiy yadrolarning xususiyatlariga togri kelishi yoki kelmasligini tekshirish mumkin. Atom yadrosi strukturasini organishda yadro modellarining ahamiyati katta bolib, ular Yadro spektroskopiyasining nazariy asosi hisoblanadi. Yadro spektroskopiyasining muvaffaqiyati asosida yadroning ichki tuzilishi haqida model tasavvurlar vujudga keldi. Yadro spektroskopiyasining eksperimental va nazariy tadqiqotlar natijalari xalq xojaligining yadro energetikasi, aktivatsion tahlil, tibbiyot, texnika va boshqalar sohalarda keng qollaniladi.