ⓘ Yadro texnikasi - texnikaning yadro energiyasidan foydalanish bilan shugullanadigan tarmogi. Turli moddalarning yadroviy xossalaridan texnikada foydalanish bila ..

                                     

ⓘ Yadro texnikasi

Yadro texnikasi - texnikaning yadro energiyasidan foydalanish bilan shugullanadigan tarmogi. Turli moddalarning yadroviy xossalaridan texnikada foydalanish bilan bogliq bolgan texnika vositalari va ularga doir ishlarni tashkil etish majmui. Yadro texnikasida yadro energiyasidan bevosita va bilvosita foydalaniladi.

Bevosita foydalanishga katta energiya olinadigan qator elementlarning bolinish sintez reaksiyalari kiradi. Bunda energiya atom reaktorlarida issikdik tarzida ajraladi, issiqlik esa elektr va mexanik energiyaga aylantiriladi.

Bilvosita foydalanishga yadrolarning bolinish mahsulotlari radioaktiv izotoplar va nurlanishni sanoatda, q.h., fan va texnikada qollash kiradi qarang Izotop indikatorlar.

YA.t.ning asosiy yonalishlari: reaktorsozlik; yadro yokilgisi ishlab chiqarish; reaktorlar uchun issiqlik ajratuvchi elementlar tayyorlash; foydalanilgan yadro yoqilgisini qayta ishlash; izotoplarning bolinishi; radioaktiv izotoplarni ishlab chiqarish; xodimlarni zararli nurlanishdan himoya qilish usullari hamda vositalarini ishlab chiqishdan iborat. Reaktorlar uchun konstruksion materiallar olish texnologiyasi, reaktorlar va yadro qurilmalarini avtomatik boshqarish hamda rostlashning puxta sxemasini tuzish, yadrofizikaviy va issiqlik jarayonlarini hisoblash usullari va nazariyasini yaratishda Yadro texnikasidan foydalaniladi yana q. Atom elektr stansiyasi.