ⓘ Yadro energetikasi - energetikaning atom energiyasi dan elektr va issiqlik energiyasi olish maqsadida foydalanish bolimi hamda fan va texnikaning yadro energiya ..

                                     

ⓘ Yadro energetikasi

Yadro energetikasi - energetikaning atom energiyasi dan elektr va issiqlik energiyasi olish maqsadida foydalanish bolimi hamda fan va texnikaning yadro energiyasini elektr va issiklik energiyasiga aylantirish usullari va vositalarini nazariy jihatdan ishlab chiqish hamda ularni amalda tatbiq qilish masalalari bilan shugullanuvchi sohasi. Yadro energetikasining texnik asosini atom elektr stansiyasi tashkil qiladi. Energiya manbai esa atom reaktori hisoblanadi. Parchalanish yadro reaksiyalari da uran va plutoniy yadrolarining bolinishi natijasida issiqlik energiyasi ajraladi, keyin bu energiya xuddi oddiy issiqlik elektr st-yalaridagidek elektr energiyasiga aylantiriladi. Organik yoqilgi zahiralari kamayib qolgan taqdirda insoniyatni energiya bilan taminlashda yadro yoqilgisidan foydalanish hozircha eng ishonchli yol hisoblanadi. Shuning uchun kopchilik rivojlangan mamlakatlarda da issikdik va gidroenergetika manbalaridan boshqa energiya manbalaridan, shu jumladan, birinchi navbatda, yadro energiyasidan foydalanishning yuqori samarali usullarini ozlashtirishga doir ishlar jadal ravishda olib borilmoqda. Ozbekistonda Yadro energetikasiga doir ilmiy tekshirish ishlari Ozbekiston FA Yadro fizikasi institutish olib boriladi.

YA.e.ga doir eng tashvishli muammo - bu AES larni ishlatish jarayonida xavfsizlikni taminlash hamda ajraladigan suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilarni zararsizlantirish muammosi. AES larda bunday chiqindilardan tashqari radioaktiv izotoplarning uchuvchi birikmalari ajraladi, radioaktiv aerozollar ham hosil bolishi mumkin. Radioaktiv gazlar va aerozollarning malum qismi yaxshilab maxsus ishlov berilganidan song atmosferaga chiqarib yuboriladi, suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilar esa maxsus omborlar "qabristonlar"ga toplanadi. Biroq, Yadro energetikasi ni taraqqiy ettirishning eng asosiy muammosi kop miqdordagi zararli chiqindilarni komib tashlashning tejamli va ishonchli usullarini ishlab chiqishdan iborat. Bu borada kopchilik rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 70-yillaridan beri ilmiy tekshirish va tajribasanoat ishlari olib borildi hamda bazi usullari ishlab chiqildi va amadda joriy qilindi. Lekin hozircha eng ishonchli, xavfsiz va tejamli usullari ishlab chiqilganicha yoq.