ⓘ Yadro qurolini tarqatmaslik togrisidagi shartnoma - xalqaro shartnoma. 1968 yil 1 iyulda AQSH, Buyuk Britaniya, SSSR va boshqalar davlatlar tomonidan imzolangan ..

                                     

ⓘ Yadro qurolini tarqatmaslik togrisidagi shartnoma

Yadro qurolini tarqatmaslik togrisidagi shartnoma - xalqaro shartnoma. 1968 yil 1 iyulda AQSH, Buyuk Britaniya, SSSR va boshqalar davlatlar tomonidan imzolangan. Yadro quroliga ega davlatlarga yadro qurolini va uning ustidan nazorat qilishni hech kimga bermaslik, yadro quroliga ega bolmagan biron bir davlatga uni ishlab chiqarish yoki uni qolga kiritishda yordam bermaslik majburiyatini yuklaydi. Yadrosiz davlatlar yadro qurolini qabul qilmasliklari, shuningdek, uning ustidan nazorat ornatmasliklari, yadro qurolini ishlab chiqarmaslik va biron boshqacha yol bilan qolga kiritmaslik va shu maqsadda hech kimdan yordam olmaslik, shuningdek, ozlarining barcha yadroviy faoliyati ustidan nazorat ornatishni nazarda tutuvchi kafolatlar togrisida MAGATE bilan bitim tuzishga majburdirlar. Shartnoma hech bir davlatning tinch maqsadlarda yadro quroli ustida tadqiqotlar olib borishi, uni ishlab chiqarish va foydalanishiga tosqinlik qilmaydi.

1995 yil 11 aprelda yadro quroliga ega 5 davlat BMT Xavfsizlik Kengashining 984rezolyutsiyasiga muvofiq, yadro qurolini shartnomaga imzo chekkan davlatlarga qarshi qollamaslik majburiyatini oldi va 1995 yil 11 mayda shartnoma 178 mamlakat tomonidan cheklanmagan muddatga uzaytirildi.