ⓘ Yakutsk - shahar, RF Saxa Respublikasi poytaxti. Lena daryosi boyidagi port. Aholisi 210.7 ming kishi. Respublikaning sanoat va madaniyat markazi. Yakutsk Lena ..

                                     

ⓘ Yakutsk

Yakutsk - shahar, RF Saxa Respublikasi poytaxti. Lena daryosi boyidagi port. Aholisi 210.7 ming kishi. Respublikaning sanoat va madaniyat markazi. Yakutsk Lena daryosining ong sohilida, 1632-yilda ostrog sifatida vujudga kelgan. 1642 - 43 yillarda daryoning chap sohiliga kochirilgan. 17 - 18-asrning 1-yarmida Yakutsk shimoli-sharqiy Sibirning harbiy-mamuriy va savdo markazi hamda Uzoq Sharqda rus mustamlakachiligining tayanch punkti bolgan. Yakutsk aholisini, asosan, ruslar tashkil qilgan. 1708-yildan Yakutsk Sibir guberniyasida, 18-asr oxiridan Irkutsk guberinyasi tarkibiga kirgan. 1851-yildan Yakutiya viloyati markazi, 1922-yildan Yakutiya Muxtor SSR poytaxti.

20-asr ortalaridan Yakutsk sanoat, ilmiy va madaniy markaziga aylandi. Qurilish materiallari ktlari, kemasozlik, kema tamirlash, sut, baliq, pivo, likyoraraq va boshqalar zavodlar, yengil sanoat shu jumladan, konpoyabzal korxonalari, GRES ishlab turibdi. Universitet, bir qancha orta maxsus bilim yurtlari, Rossiya FA Sibir bolimining ilmiy markazi, 3 teatr, telemarkaz, 6 muzey, jumladan, tarix - olkashunoslik, adabiyot, Garbiy Yevropa sanati, tasviriy sanat, olmos muzeylari bor. Memoriy yodgorliklardan Spas monastiri 17-asr, voyevoda kanselyariyasi 18-asr binolari saqlangan.