ⓘ Yalanish kasalligi - hayvonlarda moddalar almashinuvi buzilishi natijasida paydo boladigan kasallik. Asosan, qoramollarda uchraydi. Bundan tashqari, qoylarda ju ..

                                     

ⓘ Yalanish kasalligi

Yalanish kasalligi - hayvonlarda moddalar almashinuvi buzilishi natijasida paydo boladigan kasallik. Asosan, qoramollarda uchraydi. Bundan tashqari, qoylarda jun yeyish, parrandalarda pat choqish shakllari uchraydi, Yalanish kasalligi organizmda mineral moddalar, jumladan, natriyning ishqoriy tuzlari, kobalt, yod, marganets, rux kabi mikroelementlar, vitaminlar, aminokislotalar yetishmasligi tufayli kelib chiqadi. Kasallik boshlanishida hayvon devor va oxurlarni yalaydi, toshamadagi chirigan somon, suyak, tosh, latta, qogoz va junlarni yeydi. Kasal hayvon ozadi, terisi quriydi, anemiya, ich qotish, ich ketish kuchayadi, mahsuldorligi kamayadi. Kasallik avj olganda hayvon butunlay ozib ketadi, hatto olishi mumkin. Shuningdek, raxit, osteodistrofiya, quturish, jigar yalliglanishida ham Yalanish kasalligi belgilari kuzatiladi. Tashxis kasallikning klinik belgilari, ozuqa ratsioni tahlili va tabiiyxojalik sharoitlariga qarab qolladi.

Davolash: ozuqa ratsioniga yetishmagan mineral moddalar, vitaminlar va aminokislotalar qoshiladi.

Oldini olish: ozuqa ratsioni yaxshilanadi va mol boqish sharoiti ozgartiriladi.