ⓘ Yalla, qoshiq. Yalla - ozbek xalq ijodida keng tarqalgan, raqs bilan ijro etiladigan qoshiq turi. Xalq sozi, mumtoz va zamonaviy shoirlar sherlariga aytiladi Ya ..

                                     

ⓘ Yalla (qoshiq)

Yalla - ozbek xalq ijodida keng tarqalgan, raqs bilan ijro etiladigan qoshiq turi. Xalq sozi, mumtoz va zamonaviy shoirlar sherlariga aytiladi Ya. yakka, kopincha 2 va undan ortiq ijrochi tomonidan ijro etiladi. Aksariyat Ya.lar ishqmuhabbat mavzuida bolib, jozibali, oynoqi xarakterga ega. Ya. 2 turga bolinadi: 1) qoshiqjanriga yaqin, kuyi nisbatan tor diapazonli, asosiy misralar yakkaxon yallachi, naqarot esa guruh tomonidan doira jorligida aytiladi ; 2) kuy diapazonining kengligi va tuzilishi jihatidan ashula janriga yaqin. Xalq orasida "Yaliyali", "Qalam qoshligim", "Jonon bolaman deb", "Ayrilmasun", "Figondur" kabi mumtoz Ya.lar keng tarqalgan. Namanganda Ya. turkumlari mavjud: yallachiayollar tomonidan doira jorligida "Katta yalla" va "Kichik yalla" namunalari toy marosimlari va bazmlarda ijro etiladi. Ashula va Ya. namunalaridan yoki katta ashula va Ya.dan iborat turkumlar ham mavjud. Hoz. kunda Ya.lar estrada yonalishida ham ijro etiladi.

Rustam Abdullayev.