ⓘ Yalliglanish - kasallik qozgatuvchi zararli omillar tasiriga qarshi organizmning murakkab mahalliy nomaxsus himoya reaksiyasi. Shikastlangan soha Ya. reaksiyasi ..

                                     

ⓘ Yalliglanish

Yalliglanish - kasallik qozgatuvchi zararli omillar tasiriga qarshi organizmning murakkab mahalliy nomaxsus himoya reaksiyasi. Shikastlangan soha Ya. reaksiyasi tufayli organizmning soglom toqimalaridan ajralib qoladi; u joyga qondan immun hujayralar kelib, ular har xil destruktiv effektlarni rivojlantiradi. Arteriyalar va kapillyarlarning qon bilan tolishi Ya. ochogida qizarish va gipertermiyaga, tomirlar otkazuvchanligining oshishi shish va ogriqqa sabab boladi. Leykotsitlar migratsiyasi va ularning faollashishi atrofdagi toqimalarning sitolizi va yiring hosil bolishiga olib keladi. Ya. ochoklari zararli omilni bostiruvchi asosiy mexanizmlarga fagotsitoz, hujayradan tashqari sitoliz, nomaxsus kontaktli killing, hamda komplement tizimining sitolitik reaksiyalari hisoblangan gumoral reaksiyalar kiradi. Shu bilan bir vaqtda Ya. mahalliy va umumiy immunitetining rivojlanishiga turtki boladi. Ya. organizmning ilk reaksiyalaridan biri hisoblanib, u organizmni yot jismlardan himoya qilish yoki parchalangan oz hujayralaridan tozalash kabi vazifalarni bajaradi.

YA. uchta muhim tarkib komponentdan: alteratsiya hujayra va toqimalarning shikastlanishigacha bolgan ozgarishlari, ekssudatsiya suyuqlik va qon hujayralarining tomirlaridan chiqishi va proliferatsiya hujayralarning kopayishi va toqimalarning osib ketishidan tashkil topgan. Ya. reaksiyalarining har qanday korinishlarida bu uch komponent albatta mavjud boladi. Ulardan qaysi birining ustunligiga kora, Ya.ning uchta asosiy - alterativ, ekssudativ va proliferativ shakli farq qilinadi.

Alterativ Ya. kopincha ichki azolar da yuzaga keladi. Ya.ning bu shakli bazi bir allergik reaksiyalar, kuchli toksik mas, patogen mikroblar ajratadigan ekzotoksin modsalar tasir etganda, autoimmun jarayonlarda vujudga keladi.

Ekssudativ Ya. boshqalariga nisbatan koproq uchraydi; Ya. ochogida tomirlarning tavsifi ozgarishi hisobiga tomir devorining otkazuvchanligi oshadi, natijada qonning suyuq qismi va leykotsitlar tomirdan atrofdagi toqimaga chiqib, Ya. ochogida toplanadi bu suyuqlik ekssudat deb ataladi. Agar ekssudat deyarli tiniq va tarkibida 8% gacha oqsil bolsa, seroz Ya. deb ataladi. Ekssudatda maxsus oqsillar - fibrinogen kop bolsa, fibrinoz Ya. deyiladi. Yiringli Ya.da ekssudatda juda kop miqdorda nobud bolgan leykotsitlar va boshqalar boladi.

Proliferativ Ya. hujayra elementlarining kopayishi, tugunlar hosil bolishi bilan ifodalanadi, bu zaxm, sil, toshmali terlama kabi kasalliklarda kuzatiladi.

YA.ning asosiy belgilari yuzada joylashgan azolarning otkir Ya.i uchun xos, agar u ichki azolarda vujudga kelgan bolsa, bu belgilarning hammasi kuzatilmasligi ham mumkin. Odatda, Ya.da organizmda isitma, qonda leykotsitlar sonining kopayishi leykotsitoz, moddalar almashinuvining buzilishi, Ya.ning ogir shakllarida esa umumiy intoksikatsiyaning rivojlanishi kabi reakpiyalar paydo boladi.

YA. himoya, moslanish reaksiyasi bolsada, malum sharoitlarda organizm uchun hayotiy zarur toqimalarning shikastlanishiga olib keladi. Ya.ning oqibatlari har xil, yalliglangan soha butunlay tuzalib ketishi, bazan toqimalarning talaygina qismiga putur yetgan bolsa, yalliglangan joy chandiqlanib qolishi ham mumkin. Agar Ya. ichki azolarda bolsa, qoshni azolarni bir-biriga tutash joylarida bitishma hosil boladi, natijada shikastlangan azo funksiyasi ozgaradi.

YA.ning har qanday korinishida shifokorga murojaat etish va uning korsatmalariga amal qilish lozim.