ⓘ Yamayka valyuta tizimi, Yamayka bitimi - 1976 yil yanvarda Kingston da Xalqaro valyuta fondi azolari bolgan mamlakatlar vakillari kengashida tuzilgan bitimga mu ..

                                     

ⓘ Yamayka valyuta tizimi

Yamayka valyuta tizimi, Yamayka bitimi - 1976 yil yanvarda Kingston da Xalqaro valyuta fondi azolari bolgan mamlakatlar vakillari kengashida tuzilgan bitimga muvofiq tashkil topgan va 1978 yil apreldan kuchga kirgan jahon valyuta tizimi. Yamayka bitimi XVF ustaviga ozgarishlar kiritdi va ilgari BrettonVuds bitimi dan farq qiladigan infratuzilma tamoyillarini belgiladi. Birinchidan, oltinga va ikki zaxira valyuta - AQSH dollari va Buyuk Britaniya funt sterlingiga asoslangan oltin deviz standarti 1969 yildan amalga kiritilgan SDR standarti bilan almashtirildi va uning valyutalar paritetlari hamda valyutalar qursi asosini tashkil etishi belgilab qoyildi. Uning shartli qiymati 5 valyuta dan iborat valyuta savati bilan aniqlanadigan boldi. Bu valyutalar XVF Ustaviga kora, "erkin almashtiriladigan valyutalar" deb nomlandi.

Ikkinchidan, Yamayka valyuta tizimit. oltinning valyuta birliklari qiymati meyori tarzidagi vazifasini, qogoz pullarning oltin taminotini bekor qildi. Natijada oltinning qatiy baholari tugatildi va oltin jahon puli mavqeini yoqotdi. Yamayka valyuta tizimit. doirasida oltinning pul funksiyalarini bajarishga barham berilgani qonunlashtirildi. Uchinchidan, banklarga oltinni xususiy bozorlarda shakllangan narxlarda erkin sotib olish va sotish imkoniyati berildi.

Mamlakatlar ortasidagi valyuta munosabatlari ularning milliy pul birliklarining suzib yuruvchi "sirgaluvchi" kurslariga asoslanadigan boldi, yani Yamayka valyuta tizimit. har bir mamlakatga oz valyuta kursi uchun istalgan rejimni tanlash huquqini berdi. Bu bilan suzuvchi valyuta kurslari rejimi qonunlashtirildi va mamlakatlar 1973 yil martidan shu rejimga otdilar. Valyuta kurslari tebranishlari asosiy 2 omil: valyutalarning ichki bozordagi xarid qobiliyatining real qiymati nisbatlari bilan, ikkinchidan, xalqaro bozorlarda milliy valyutalarga bolgan talab va taklif nisbati bilan belgilanadigan boldi. Bu nisbatlar kapitalning mamlakatlararo stixiyali oqib otishi natijasida ozgarib turadi.

YA.v.t.ning amal qilishi bir qator murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Yuridik jihatdan oltinning pul funksiyasi bekor qilinganiga qaramay, u favqulodda jahon puli va ishonchli zaxira aktivi maqomini saqlab kelmoqda. Jahon boyicha markaziy banklar va xususiy tezavratorlar qolida 60 ming t dan koproq oltin alohida likvid tovar sifatida saqlanadi yana q. Yevro, Yevropa valyuta bitimi.