ⓘ Yamin Muhammad - indonez yozuvchisi va siyosiy arbobi. Yangi indonez sheriyati va dramaturgiyasi asoschilaridan. Indonez sheriyatiga sonet shaklini olib kirgan. ..

                                     

ⓘ Yamin Muhammad

Yamin Muhammad - indonez yozuvchisi va siyosiy arbobi. Yangi indonez sheriyati va dramaturgiyasi asoschilaridan. Indonez sheriyatiga sonet shaklini olib kirgan. 1919 yildan yoshlar harakati va bir qator radikal partiyalar faoliyatida ishtirok etgan. Indoneziyada mustaqillik elon qilingach, parlament azosi, adliya va maorif vaziri. Asarlarida indonez xalqini milliy birdamlikka va mamlakatni qaytadan tiklashga davat etgan. Shekspir, Tagor asarlarini indonez tiliga tarjima qilgan. Ikkinchi jahon urushidan song tarixiy, siyosiy va iqtisodiy mavzularda asarlar yaratgan.