ⓘ Yangi kaledoniya - Tinch okean ning jan.garbiy qismidagi orollar guruhi, Melaneziyada. Fransiyaning dengiz ortidagi hududi maqomiga ega. Mayd. 19.1 mingkm². Aho ..

                                     

ⓘ Yangi Kaledoniya

Yangi kaledoniya - Tinch okean ning jan.garbiy qismidagi orollar guruhi, Melaneziyada. Fransiyaning dengiz ortidagi hududi maqomiga ega. Mayd. 19.1 mingkm². Aholisi 201.8 ming kishi, asosan, melanezlar. Mamuriy markazi - Numea shahri Rasmiy tili fransuz tili. Orollarga ilk bor 1774 yilda yevropaliklardan J.Kuk borgan. Ya.K. 1853 yildan Fransiya mulki. 1984 yilgacha Fransiya hukumati tomonidan tayinlanadigan oliy komissar boshqargan, 1985 yilgi saylovlardan song kongress boshqaradi. 1987 yilda otkazilgan Referendum natijalariga kora, qatnashuvchilarning 98% Ya.K.ni Fransiya tarkibida qolishi tarafdori bolgan.

Orollarning yer yuzasi vulkan jinslaridan tuzilgan yassitoglik. Eng baland joyi 1628 m. Garbiy qismi sertepa tekislik. Iqlimi tropik iqlim, yanvar

ning ortacha temperaturasi 24 - 26°, iyulniki 20°. Iillik yogin sharqida 3000 mm, garbida 700 mm. Yozda tropik dovullar boladi. Daryo kop. Osimlik dunyosi baland boyli otlar, siyrak igna bargli ormonlardan iborat. Endemik osimlik turlariga boy. Temir va nikel rudalari qazib olinadi. Ya.K. aholisi, asosan, dehqonchilik, baliq ovlash, chorvachilik bilan shugullanadi. Sholi, maniok va makkajoxori ekiladi. Yogochsozlik, oziq-ovqat korxonalari bor, chetga metall, kofe, kopra chiqariladi.