ⓘ Yangiariq tumani - Ozbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman, 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Shimoldan Xonqa, sharqdan Bogot, garbdan Xiva ..

                                     

ⓘ Yangiariq tumani

Yangiariq tumani - Ozbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman, 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Shimoldan Xonqa, sharqdan Bogot, garbdan Xiva tumanlari, janubdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0.40 ming km 2. Aholisi 90.6 ming kishi. Tumanda 9 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Yangiariq qishlogi.

                                     

1. Aholisi

Aholisi 90.6 ming kishi, ortacha zichligi 1 km 2 ga 226.5 kishi 2008. Aholining milliy tarkibi ozbeklar 96%, shuningdek, turkmanlar, tatarlar, koreyslar, ruslar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi.

                                     

2. Tabiati

Tuman hududi viloyatning janubi-sharqida joylashgan. Relyefi, asosan, pasttekislikdan iborat. Janubidagi kattagina maydon qum barxanlari bilan band. Obulkol, Moltang, Shorkol, Jirmizkol va boshqalar kollektorlar bor. Tuman xojaliklari Ostona, Oqmachit, Quruqtom, Tagan, Kattabog va Amudaryodan chiqqan magistral kanallaridan suv oladi. Tuman hududida kol kop. Ulugshorkol, Obulkol, Tangali, Bayotkol, Kichikkol va boshqalar shular jumlasidan. Ularning aksariyati bir biri bilan tutashtirilgan. Tuman kollari baliqchilikda viloyatda yetakchi orinni egallaydi. Kollar negizida ixtisoslashtirilgan baliq kombinati tashkil etilgan. Tuproqlari, asosan, shorlashgan otloq va otloqi boz tuproqlardan iborat. Tuproq shori kollektor yordamida yuvib turiladi. Yovvoyi osimliklardan changal, oqbosh, yantoq, shora, pechak, ajriq, qamish, yakan va boshqalar osadi. Yovvoyi hayvonlardan bori, quyon, qunduz, kalamush va boshqalar; qushlarlardan ordak, goz, qashqaldoq, chagalay, qarga, chumchuq va boshqalar kop.

                                     

2.1. Tabiati Iqlimi

Iqlimi keskin kontinental. Yillik ortacha harorat 11.8 °C. Yanvar oyining ortacha harorati - 4.5 °C, eng past harorat - 31 °C. Iyul oyining ortacha harorati 27 °C, eng yuqori harorat 45 °C. Vegetatsiya davri 208 kun. Yiliga 82 mm yogin tushadi. Yoginning asosiy qismi bahorda yogadi.

                                     

3. Sanoati

Tumanda paxta tozalash, gisht, meva konservalash zavodlari, tamirlash ustaxonasi, Orta Osiyo - Markaz gaz quvurining 3 kompressor stansiyasi, Xorazm baliq kombinati, baliq dudlash sexlari, qurilish tashkilotlari, MTP, avtokorxona, 100 ga yaqin kichik, orta biznes va yirik korxonalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat korsatish shoxobchalari, dehqon bozori, 1100 dan ziyod mikrofirma bor. Ozbekiston - Turkiya qoshma korxonasi kalava ip ishlab chiqariladi ishlab turibdi. Shisha ishlab chiqarish yolga qoyilgan.

                                     

4. Qishloq xojaligi

Tuman qishloq xojaligi, asosan, paxtachilik va gallachilikka ixtisoslashgan, shuningdek, chorvachilik, baliqchilik, pillachilik, sabzavotchilik, bogdorchilik ham rivojlangan. Qishloq xojaligida 8 shirkat xojaligi, 2 aksiyadorlik jamiyati, 17 qishloq xojaligi korxonasi, 6 xususiy ferma, 1 ijara xojaligi faoliyat korsatadi. Yangiariq tumanida jami ekin maydoni 13 ming ga dan ziyod, shu jumladan, 6.5 ming gektar yerga paxta, 1.7 ming gektarga yerga don, 164 ga yerga sabzavot ekinlari ekiladi. Yangiariq tumanidagi jamoa va shaxsiy xojaliklarida 30 mingdan ziyod qoramol, 19.8 mingga yaqin qoy va echki, 108 mingdan ziyod parranda boqiladi 2004.

                                     

5. Ijtimoiy soha

Tumanda 40 umumiy talim, bolalar sport maktabi, 4 kasb-hunar kolleji bor. Tuman markaziy kutubxonasi va uning 40 ta tarmogi, 24 klub muassasasi, madaniyat uylari faoliyat korsatadi. Stadion, 34 sport zali va boshqalar sport inshootlari ishlab turibdi. Tuman markaziy kasalxonasi 210 orin va uning bolimlari, 2 tish davolash poliklinikasi, 14 feldsher-akusherlik punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 7 qishloq vrachlik punkti, dorixonalar aholiga xizmat korsatadi. Ushbu tibbiy muassasalarda 161 vrach, 714 orta tibbiy xodim ishlaydi. Yangiariq tumani hududida Shayx Muxtor Valiy memoriy majmuasi 14-asr saqlangan. 1936-yildan "Yangiariq ovozi" gazetasi nashr etiladi adadi 927; 2005 yil.