ⓘ Yangiobod tumani - Jizzax viloyatidagi tuman. 1999 yil 30 aprelda tashkil qilingan. Garbdan Zomin tumani, janubiy, sharq, shimolidan Tojikiston Respublikasi bil ..

                                     

ⓘ Yangiobod tumani

Yangiobod tumani - Jizzax viloyatidagi tuman. 1999 yil 30 aprelda tashkil qilingan. Garbdan Zomin tumani, janubiy, sharq, shimolidan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 0.72 ming km². Aholisi 22.7 ming kishi. Tumanda 5 qishloq fuqarolari yigini mavjud. Markazi - Balandchaqir qishlogi.

                                     

1. Tabiati

Tumanning shimoliy qismi pasttekislik, janubiy qismi qiradir va toglardan iborat. Yer yuzasi janubiga tomon kotarilib boradi. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi sovuqroq. Yanvarning ortacha temperaturasi - 3°, iyulniki 28°. Yiliga 350 – 360 mm yogin tushadi. Tekislik va qirlarda bozqongir tuproqlar, janubi-sharqida chaqirtosh, qumtosh bilan qoplangan tepaliklar uchraydi.

Tuman hududi, asosan, orqirdan iborat. Yovvoyi osimliklardan shora, yantoq, shuvoq, kovrak, ismaloq, yalpiz, qoqi, lolaqizgaldoq, lola, chuchmoma va boshqalar osadi. Yovvoyi hayvonlardan bori, tulki, chiyabori, jayra, tipratikan, quyon; qushlardan burgut, bulbul, zogcha va boshqalar yashaydi. Yangiobod tumanining janubiy qismidagi qishloqlarda buloq suvlari chiqib turadi. Xojamushkent va Sarmich suv omborlari bor. Ekinzorlar Mirzachol kanalidan nasoslar yordamida sugoriladi.

Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km²ga 32.1 kishi.

                                     

2. Iqtisodiyoti

Xojaligi, asosan, qishloq xojaligiga ixtisoslashgan gallachilik va chorvachilik yetakchi orinda. Kichik, orta va yirik biznes korxonalari, MTP, mikrofirmalar, qurilish korxonalari faoliyat korsatadi. Savdo, madaniy va maishiy xizmat korsatish shoxobchalari mavjud. 380 ga yaqin fermer xojaligi bor, shu jumladan, 350 tasi dehqonchilik, 27 tasi chorvachilik bilan shugullanadi. Shirkat xojaliklari mavjud. Tumanda 28.9 ming gektardan ziyod yer maydonida dehqonchilik qilinadi, shundan sugoriladigan yerlar 4.1 ming ga, lalmikor yerlar 24.9 ming ga. Tokzorlar, boglar va boshqalar kop yillik daraxtzorlar, Xojamushkent ormon xojaligi mavjud. Umumiy talim maktablari, litsey, kasbhunar kolleji, 5 klub, 7 kutubxona bor. Kasalxona 120 orin, 8 qishloq vrachlik punkti, 3 dorixona aholiga xizmat korsatadi. Balandchaqir - Yangiyer, Julangar - Yangiyer, Xojamushkent - Yangiyer yonalishlarida avtobuslar va Dashtobod, Jizzax, Xovos, Yangiyer shahar va shaharchalariga marshrutli taksilar qatnaydi. Yangiobod tumani hududida Xojamushkent bobo, Rustam bobo, Sayidon Aziz, Changaul ziyoratgohlari bor. 2000 yildan "Yangiobod hayoti" tuman gaz. nashr etiladi. Faxriddin Abdusattorov.