ⓘ Yahudiy yozuvi - oromiy yozuviaan kelib chiqqan garbiy som yozuvining bir tarmogi; ivrit, idish, ladino va boshqalar tillarda sozlashuvchi qadimiy va hozirgi ya ..

                                     

ⓘ Yahudiy yozuvi

Yahudiy yozuvi - oromiy yozuviaan kelib chiqqan garbiy som yozuvining bir tarmogi; ivrit, idish, ladino va boshqalar tillarda sozlashuvchi qadimiy va hozirgi yahudiylarning yozuvi. "Yahudiy kvadrat yozuvi" deb ataluvchi bu yozuvda qadimiy yahudiy tilida, shuningdek, ivrit, idish kabi zamonaviy yahudiy tillarida boy diniy, falsafiy, badiiy adabiyot yaratilgan, "Injil"ning Qadimiy ahd qismi yozilgan; u eng kamida mil. av. 3 - 2-asrlardan beri qollanib keladi. Kvadrat yozuvgacha ham qadimiy yahudiy yozuvi mavjud bolib, u mil. av. 11 - 5-asrlarda amalda bolgan. Bu yozuvning namunalari toshbitiklarda, tangalarda saqlanib qolgan. Lekin qadimiy yahudiy yozuvining yahudiy kvadrat yozuvi bilan biror bir bogliqligi yoq.

Qad. yahudiy yozuvidan oromiy kvadrat yozuviga otish mil. av. 5-asr ortalaridan boshlangan. Orta asrlarda kvadrat alifboning bir qancha turlari va kursiv shakllari paydo boladi. Mazkur alifbolar undosh tovushlarni ifodalovchi 22 harfdan iborat bolib, ularda unli tovushlar uchun harflar bolmagan. Biroq keyinchalik p, \¥," undosh harflari bazi unlilarni korsatish uchun ham qollangan, 7 - 8-asrlarda esa unlilar uchun satr osti va boshqalar diakritik belgilar joriy qilinib, ular Injilda, sheriy matnlarda, bolalar kitoblarida, darsliklar va boshqalarda kollanadi. Yahudiy harflarining ananaviy nomlari qadimiy garbiy som alifbosidagi harflarning nomlaridan kelib chiqqan. Alifbodagi harflar tartibi haqida ham shunday fikrni aytish mumkin. Yahudiy yozuvi ongdan chapga qarab yoziladi.

YA.yo. som tillari ga nisbatan qollangandagina oz konsonantligini unli harflar yoqligini saqlab qoladi. Idish, ladino, qaraim turkiy tillaridagi Yahudiy yozuvi esa konsonant yozuvdan fonografik yozuvga aylangan. Hozirgi ivritda unlilarni korsatuvchi maxsus belgilar qadimgidan kora kengroq qollanadi. Hozirgi Yahudiy yozuvida asosan yevropacha tinish belgilari ishlatiladi.