ⓘ Ozbekiston Respublikasi Prezidenti - Ozbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligi. Ozbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24 ..

                                     

ⓘ Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti - Ozbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligi. Ozbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24-martda tasis etilgan. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga binoan, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bolmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Ozbekiston hududida muqim yashayotgan Ozbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatning 18 yoshga tolgan fuqarolari umumiy, teng va togridantogri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berishi yoli bilan otkaziladi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi "Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida" gi qonun va uning yangi tahririda qabul qilingan tegishli moddalarida belgilangan.

                                     

1. Nomzodlarni saylash tartibi

Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod korsatish huquqiga siyosiy partiyalar va bevosita fuqarolar egadirlar. Saylash huquqiga ega bolgan fuqaro yoki fuqarolar guruhi Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod korsatish uchun kamida 300 nafar saylovchidan iborat saylovchilar tashabbuskor guruhini tuzishi kerak. Prezidentlikka nomzodlar korsatish saylovga 65 kun qolganda boshlanadi va 45 kun qolganda tugaydi. Nomzodlar korsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhi yigilishi tomonidan amalga oshiriladi. Prezident saylovida 2 ta nomzod ishtirok etgan taqdirda, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning nisbiy kopchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 2 tadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda, agar nomzodlarning hech biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan kopining ovozini ololmagan bolsa, saylovchilarning ovozini eng kop olgan 2 nomzod ishtirokida takroriy ovoz berish otkaziladi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari togrisidagi axborot saylovdan keyin 10 kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan elon qilinadi. Saylangan Prezident Ozbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari rasmiy tarzda elon qilingan kundan etiboran kechi bilan 2 oy ichida Oliy Majlis yigilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab oz lavozimiga kirishadi. Prezident quyidagicha qasamyod qiladi:

.

                                     

2. Vakolatlari

Ozbekiston Respublikasining Prezidentiga, Konstitutsiyaga muvofiq keng va xilma-xil vakolatlar berilgan. Bu vakolatlar davlat hayotining deyarli barcha sohalariga taalluqli bolib, mamlakat iqtisodiyoti va umuman jamiyat rivojlanishiga juda katta tasir otkazadi.

Ozbekiston Respublikasining Prezidenti:

1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;

2) Ozbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koradi;

3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda Ozbekiston Respublikasi nomidan ish koradi;

4) muzokaralar olib boradi hamda Ozbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini taminlaydi;

5) oz huzurida akkreditatsiyadan otgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

6) Ozbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

7) Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;

8) respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini taminlaydi; vazirliklar, davlat qomitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigiga kiritadi;

9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

10) Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari korib chiqishi va tasdiqlashi uchun Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi hamda uni istefoga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod qiladi;

11) Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi azolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;

12) Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigiga kiritadi;

13) Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xojalik sudi raisi va sudyalari, Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi, Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;

14) viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xojalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; Oldingi tahrirga qarang.

15) Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki oz shani va qadr-qimmatiga dog tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident oz qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;

16) respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini ular qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq bolgan hollarda toxtatadi, bekor qiladi; Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;

17) Ozbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va elon qiladi; qonunga oz etirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qoyish uchun Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;

18) Ozbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugilganda urush holati elon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdigiga kiritadi;

19) favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini taminlashni kozlab, Ozbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigiga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;

20) Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qomondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qomondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;

21) Ozbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorligi bilan mukofotlaydi, Ozbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;

22) Ozbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;

23) amnistiya togrisidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va Ozbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;

24) Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigiga kiritadi;

25) ushbu Konstitutsiya va Ozbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Prezident oz vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.

Prezidentning shaxsi daxlsizdir va "Ozbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari togrisida"gi qonun 2003 yil 25 aprel bilan muhofaza etiladi. Prezidentning qonuniy faoliyatiga tosqinlik qilinishiga, shuningdek, uning shani va qadrqimmatiga putur yetkazilishiga yol qoyilmaydi va bunday harakatlar tegishli qonunlarga muvofiq javobgarlikka sabab bolishi mumkin. Bu qoida istefoga chiqqan Prezidentga nisbatan ham oz kuchini saqlab qoladi. Prezident mehnatiga haq tolash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ozbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli oz vazifasini bajara olmasligi Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qoshma qaroriga kora tuzilgan davlat tibbiy komissiya xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda 10 kun muddat ichida palatalarning qoshma favqulodda yigilishida deputatlar, senatorlar orasidan 3 oygacha bolgan muddatga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda 3 oy muddat ichida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi otkazilishi shart. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida vakolati tugashi munosabati bilan istefoga chiqqan Prezident umrbod Senat azosi lavozimini egallashi kozda tutilgan.

                                     

3. Prezidentlar

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobi "Ozbekiston Respublikasining Prezidenti" deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat bolib, ularda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi belgilab berilgan. Oliy Kengash 12-chaqiriq 1-sessiyasida deputatlar tomonidan Ozbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti lavozimyga Islom Karimov saylangan edi. "Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisida" gi qonunga binoan, 1991-yil 29-dekabr va 2000-yil 9-yanvarda muqobillik asosida togridan-togri umumxalq Prezident saylovlari otkazildi. Bu saylovlar natijasida Islom Karimov Ozbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 2-sentyabrda Islom Karimov vafot etdi. Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari otkazildi va unda bosh vazir Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylandi.

Ozbekiston Respublikasinish Prezidenti samarali faoliyat yuritishni taminlash maqsadida Prezident devonini tuzadi, turli xizmat bolinmalarini shakllantiradi. Ozbekiston Respublikasining Prezidenti Oqsaroydagi qarorgohida faoliyat yuritadi. "Dormon" Qibray tumani qarorgohida turli xalqaro uchrashuvlar, oliy martabali mehmonlarni kutib olish marosimlari va boshqa tadbirlar otkaziladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devoni binosi - Toshkent shahrining markaziy qismida, Ozbekiston shoh kochasi Anhor boyida joylashgan. Asosiy bino 6 qavatli bolib, birinchi qavatga 900 orinli majlislar zali tutashgan. Bino aniq geometrik shakllardan foydalanilgani, nisbatlarning aniq va monumentalligi, badiiy korkam va memoriy jihatdan oddiyligi bilan ajralib turadi. Asosiy bino uz. 94 m shimolga qaragan, 3 bolakdan iborat. Bino tarzidagi vertikal bolinishlar, katta hajmdagi derazalar hamda asosiy kirish eshigi mutanosibligi binoga alohida ulugvorlik baxsh etgan. Binoning jan. tomoni ham shu tarzda hal etilgan, unga quyosh nurini tosuvchi maxsus moslamalar ishlangan. Majlislar zali binosida vestibyul, foye, kutubxona, oshxona va boshqalar qoshimcha xonalar mavjud; zalga asosiy binoning 2-qavatidagi maxsus yolakdan otiladi; binoning garb tomonidagi oynalar oldiga alyuminiy plastinka asalari iniga oxshash tosiqlar qoyilgan, jan. tomoni qabariq bloklardan tashkil topgan. Bino pardozida yuqori sifatli marmar plitalar, koshinlar, suvogida maydalangan marmar bolakchalar va boshqalar ishlatilgan; atrofidagi hudud kokalamzorlar, gulzorlar bilan solim maskanga aylantirilgan.