ⓘ Ozbekiston tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabr da tashkil etilgan. 1962 yil 24 dek.da tugatilgan, 1963 yil 17 aprelda qayta tuzilgan. Shim ..

                                     

ⓘ Ozbekiston tumani

Ozbekiston tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabr da tashkil etilgan. 1962 yil 24 dek.da tugatilgan, 1963 yil 17 aprelda qayta tuzilgan. Shim.dan Qoqon shahri, Furqat tumani, jan. va garbdan Tojikiston Respublikasi, shim.garbdan Beshariq, sharqdan Uchkoprik tumanlari, jan.sharqda Rishton tumani va Qirgiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0.69 ming km². Aholisi 181.1 ming kishi. Ozbekiston tumanida 1 shahar, 1 shaharcha, 10 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Yaypan shahriTabiati. Tuman hududi Fargona viloyatning jan.garbida, Turkiston tizmasining shim. etaklarida joylashgan. Shim.da Sirdaryogacha pasayib boradi. Tuman shim. qismining yer yuzasi tekislik bolib, Shaytonkol massivi va Markaziy Fargona cholining davomidir. Tuman hududida foydali qazilmalardan tog mumi, gaz, neft, ohaktosh, tuz, gilmoya, keramzit va boshqalar bor. Iqlimi kontinental, quruq. Yanv. ning ortacha temperaturasi - 6°, - 10°, eng past temperatura - 20°, iyulning ortacha temperaturasi 28°, eng yuqori temperatura 42 - 45°. Garb, shim.garbdan tez-tez shamol esib turadi. Koqon shamolining tezligi 25–30 m/sek. Yillik yogin 130–140 mm. Vegetatsiya davri 240 - 265 kun. Tuman xojaliklari va aholisi Sox daryosidan suv oladi. Sox daryosi tarmoqlaridan: Nayman, Yakkatut, Sochtepa, Kokdoppi soylari, Chilgijiyda, Nursuq, Achchisuv ariqlari bor. Tuman hududi ortasidan Katta Fargona kanali otgan. Shorsuv suv ombori mavjud. Tog etaklari, adirlar qumli, och boz tuproqli. Tog etaklari va dashtlarda shuvoq, yantoq, chaqirtikanak, soy, ariqlar boyida yalpiz, yulgun, yovvoyi jiyda, tog va adirlarda yovvoyi piyoz osadi. Shuningdek, ajriq, achchiqmiya, qoytikanak, itburun, qoqi, qirqbogin, salomalaykum, qamgoq, ituzum, qoypechak, semizot, kurmak singari begona otlar tumanning hamma joylarida uchraydi. Tog va adirlarda yirtqichlardan bori, tulki, sudralib yuruvchilardan dasht ilonlari, kaltakesaklar, kemiruvchilardan sichqon, kalamush yashaydi; qushlardan tustovuq, sofitorgay, yovvoyi ordak, chumchuq kabilar uchraydi.

Aholisi, asosan, ozbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km²ga 262.5 kishi. Shahar aholisi 23.1 ming kishi, qishloq aholisi 158 ming kishi 2005.

Xojaligi. Tuman xojaligining asosini paxtachilik, gallachilik, chorvachilik, pillachilik, mevachilik tashkil etadi. Sabzavot, poliz ekinlari, uzum ham yetishtiriladi. Tumanda jami xojalik yurituvchi subyektlardan kichik korxonalar, mikrofirmalar, boshqa turdagi korxonalar, 2 qoshma korxona, shuningdek, savdo, madaniy va maishiy xizmat korsatish shoxobchalari bor. Shorsuv shaharchasida sopol quvurlar zavodi faoliyat korsatadi. Tumanda 5 shirkat, 500 dan ziyod fermer, 100 ga yaqin dehqon xojaligi mavjud. 5.4 ming ga yerga don, 6.7 ming ga yerga paxta, 482 ga yerga sabzavot, 87 ga poliz, 243 ga yerga kartoshka, 1.4 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 5.6 ming ga yer tokzor va mevazor. Tuman jamoa va shaxsiy xojaliklarida 36.9 mingga yaqin qoramol, shu jumladan, 14 mingdan ziyod sigir, 31.5 ming qoy va echki, 100.6 ming parranda, 364 yilqi boqiladi. 64 umumiy talim maktabi 45.1 mingga yaqin oquvchi, bolalar va osmirlar sport maktabi, 2 musiqa maktabi, 3 kasb-hunar kolleji bor. 1 madaniyat uyi, 8 klub muassasasi, olkashunoslik muzeyi, tuman markaziy kutubxonasi va uning 34 ta shoxobchasi faoliyat korsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, tugruqxona, poliklinika, qishloq vrachlik punktlari, tez tibbiy yordam bolimi, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalarda 326 vrach, 1549 orta tibbiy xodim ishlaydi. "Yaypan ovozi" gaz. chiqariladi adadi 5 ming.

Otabek Joraboyev.

                                     
  • fevralida davlatlar So x chegaralarini aniqlashtirib beruvchi va So xni Ozbekiston bilan bog lovchi hudud borasidagi memorandumga imzo chekishdi. Rasmiy
  • yilgacha Chiroqchi shahar tipidagi qishloq bo lgan. 1977 yil 24 noyabrida Ozbekiston Oliy Kengashi Rayosatining qarori bilan Chiroqchiga tumanga qarashli shahar
  • xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qilindi. Mazkur qaror munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999 yilning 27 dekabrida Termiz shahrining