ⓘ OZBEKQISHLOQMASH AKSIYADORLIK JAMIYATI, Ozbekiston qishloq xojaligi mashinasozligi zavodi aksiyadorlik jamiyati - yirik qishloq xojaligi mashinasozligi korxonas ..

                                     

ⓘ Ozbekqishloqmash aksiyadorlik jamiyati

"OZBEKQISHLOQMASH" AKSIYADORLIK JAMIYATI, "Ozbekiston qishloq xojaligi mashinasozligi zavodi" aksiyadorlik jamiyati - yirik qishloq xojaligi mashinasozligi korxonasi. Toshkent shahrida joylashgan. "Ozqishloqxojalikmashxolding" xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. Chigit ekish seyalkalari, don ekish seyalkalari. podborshchiklar, rotorli ot orgichmaydalagich, yemxashak orish texnikasi, kosak chuvish mashinalari, mineral ogit sochgichlar, shuningdek, qishloq xojaligi mashinalariga ehtiyot qismlar va xalq istemoli mollari ishlab chiqaradi.

Korxona 1941 yilda Toshkentga evakuatsiya qilingan "Vulkan" Leningrad, "Krasnny Aksay" Rostov va "Krasnaya Zvezda" Kirovograd zdlari asbobuskunalari asosida tashkil etilgan. 3d 1942 yildan front uchun aviabomba, turli xildagi minalar, 1943 yildan qishloq xojaligi uchun pichan orish mashinalari, shuningdek, qishloq xojaligi mashinalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqardi. Urushdan keyin zd toliq q.x mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashdi, orish mashinalari bilan birgalikda diskli boronalar, charxlash stanoklari, nasospurkagichlar ishlab chiqara boshladi. 1948 yildan korxona "Ozbekselmash" nomini oldi. 1949 yildan qatorlab chigit ekadigan seyalkalar, 1955 yildan yanada takomillashgan SG4, SKG4 seyalkalari, 1960 yildan korak chuvish mashinasi, 1965 yildan PXN1.2 markali paxta podborshchiklari ishlab chiqarish ozlashtirildi. 1980- yil lar boshida korxonada pnevmoapparatli chigit ekish seyalkalari, paxta podborshchiklarining 5 turi, kosak chuvish mashinalari, gozapoya yuladigan mashinalar ishlab chiqarila boshladi. 90-yillardan korxona sexlari eng zamonaviy texnologiyalar, plastmassa quyulmalaridan qismlar ishlab chiqaradigan termoplast avtomatlar, Italiyadan metall bukuvchi avtomatlar bilan jihozlandi. 1994 yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Mahsulotlari qoshni mamlakatlarga eksport qilinadi. 2004 yilda korxonada 2814.3 mln. somlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi.