ⓘ Orta talim - umumiy talim bosqichlaridan biri; shaxsning jamiyat ijtimoiy hayotida ongli va faol ishtirok etishiga imkon beruvchi bilim, malaka va konikmalari d ..

                                     

ⓘ Orta talim

Orta talim - umumiy talim bosqichlaridan biri; shaxsning jamiyat ijtimoiy hayotida ongli va faol ishtirok etishiga imkon beruvchi bilim, malaka va konikmalari darajasi. OzRda Orta talim oquvchilarning fanlar asoslari boyicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim ozlashtirish ehtiyojini, asosiy oquvilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan manaviyaxloqiy fazilatlarni, mehnat konikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli munosabatda bolishni va kasb tanlashni shakllantirish davri hisoblanadi. U 5 - 9sinflarni oz ichiga oladi. OzRning 1997 yil 29 avg.da qabul qilingan "Talim togrisida"gi qonunida takidlanishicha, Orta talim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba konikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yonaltirishga va talimning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Orta talim sinflari uchun oquv rejasi va dasturlari mavjud. Orta talim oquv rejasi asosida ozbek tili, ona tili va adabiyotning tizimli kursi, chet tillari, Vatan va jahon tarixi, algebra, geom., trigonometriya, fizika, astronomiya, kimyo, biol., chizmachilik, tabiat va geogr., jismoniy tarbiya, informatika, musiqa madaniyati, tasviriy sanat, davlat va huquq asoslari, inson va jamiyat, iqtisodiy bilim asoslari, Vatan tuygusi, milliy istiqlol goyasi va manaviyat asoslari, mehnat, harbiy xizmatga chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash va boshqalar fanlar boyicha mashgulotlar otkaziladi. Orta talimda maktab dasturida belgilangan bilim, malaka va konikmalarni organish hamda hosil qilishga erishish uchun talimning turli usullari, shakllari hamda vositalaridan foydalanish asosida ish olib borish talab qilinadi. Orta talim tugallanganidan keyin talim fanlari va ular boiicha olingan baholar korsatilgan holda davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi attestat beriladi.