ⓘ Ot kislotalar - steroid monokarbon va xolat kislota mahsuli. Odam va hayvonlarning jigar hujayralarida ishlanib, ot bilan birga on ikki barmoq ichakka quyiladi. ..

                                     

ⓘ Ot kislotalar

Ot kislotalar - steroid monokarbon va xolat kislota mahsuli. Odam va hayvonlarning jigar hujayralarida ishlanib, ot bilan birga on ikki barmoq ichakka quyiladi. Odam oti tarkibida, asosan, xolat kislota, oz miqdorda dezoksixolat, litoxolat va xenodezoksixolat kislotalari boladi. Ot kislotalar ichaklarda yog hazm bolishini taminlaydi. Yoglarni emulsiya holiga keltiradi, ichak lipazasini faollashtiradi, yog kislotalarning sorilishiga yordam beradi, ichak peristaltikasini oshiradi. Ot kislotalarning umumiy miqdori qonda ortacha 0.8 mg%, jigar otida - 0.9 - 1.8%, ot pufagi otida - 5.7 - 10.8%. Qonda Ot kislotalar kopayib ketganda, siydik bilan chiqib ketadi, kamayishi esa qator ozgarishlarga, jumladan, ot toshi hosil bolishi va boshqalar ga sabab boladi.