ⓘ Qamish - boshoqdoshlarga mansub kop yillik ildizpoyali osimlik turkumi. Ozbekistonda oddiy Q. turi tarqalgan. Poyasi tik osadi, boyi 3–5 m gacha yetadi, silliq, ..

                                     

ⓘ Qamish

Qamish - boshoqdoshlarga mansub kop yillik ildizpoyali osimlik turkumi. Ozbekistonda oddiy Q. turi tarqalgan. Poyasi tik osadi, boyi 3–5 m gacha yetadi, silliq, shoxlamaydi. Barglari navbatmanavbat joylashgan, uzun nashtarsimon, chetlari otkir gadirbudir. Gullari qongirbinafsha, chochoq rovaksimon topgulga yigilgan. Mevasi kulrang doncha. Iyul - oktabrda gullab, mevalaydi. Bir topguli rovaqda 50 - 100 mingta don tugadi, urugi shamol va suv orqali tarqaladi. Urugi 1415° haroratda sernam joyda unib chiqadi. Asosan, ildizpoyalaridan, bazan urugidan kopayadi. Sizot suvlar sathi yaqin tuproqlarda, don, sholi, goza, beda va boshqalar orasida uchraydi. Shuningdek, botqoqlashgan zax joylarda, hovuz, toqaylar, kol, sugorish shoxobchalarida osadi.

Kurash choralari: yer chuqur 30 sm gacha haydaladi, yer betiga chiqqan ildizpoyalar yigishtirib olinadi, quritiladi; yerga dalapon 10–15 kg/ga sepiladi; sugorish va drenajni tartibga solish bilan sizot suvlar sathi pasaytiriladi, chopiqtalab ekinlar chuqur kultivatsiya qilinadi.