ⓘ Qishloq xojaligi entomologiyasi - umumiy entomologiyaning bir sohasi; hasharotlarning tana tuzilishi. organlari faoliyati, yashash tarzi, tashqi muhit bilan oza ..

                                     

ⓘ Qishloq xojaligi entomologiyasi

Qishloq xojaligi entomologiyasi - umumiy entomologiyaning bir sohasi; hasharotlarning tana tuzilishi. organlari faoliyati, yashash tarzi, tashqi muhit bilan ozaro munosabati, zararli va foydali tomonlari va boshqalarni organadi. Qishloq xojaligie., asosan, hasharotlar - qishloq xojaligi ekinlari, jumladan, osimliklar zararkunandalari ularga qarshi kurash choralari hamda ular kopayishi prognozi usullarini ishlab chiqishni, zararkunandalarning tabiiy kushandalari - entomofaglarni, changlatuvchi-hasharotlar, asalari, tut va eman ipak qurti, lok beruvchi chervetslar, tuproq hosil bolishida ishtirok etuvchi hasharotlar va boshqalarni muhofaza qilish va samaradorligini oshirish yollarini, shuningdek, hasharotlardan tashqari boshqa zararli umurtqasiz hayvonlar - nematodalar, mollyuskalar va kanalarni ham tadqiq etadi. Qishloq xojaligie. fan sifatida zoologiya, umumiy entomologiya va agronomiya asosida shakllandi. Uning mustaqil fan bolib rivojlanishi hasharotlarning inson hayotida tutgan amaliy ahamiyati bilan bogliq. Qishloq xojaligie.ning ilmiy va ishlab chiqarish vazifalari ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida osimliklarni himoya qilishning yanada samarali usullarini topish, osimlik zararkunandalarini yoq qilish, foydali hasharotlarni muhofaza qilish hamda ulardan samaraliroq foydalanish yollarini ishlab chiqishdan iborat.

Zararkunanda turlarning madaniy osimliklar va muhitning boshqa omillari bilan ozaro murakkab munosabati, ular miqdorining keskin ozgarib turishi hamda tabiatda moddalar aylanishidagi keng ishtirsji har tomonlama ekologik i.t. ishlari olib borishni taqozo etadi.

19-asr boshlarida zararkunandalarga qarshi faol kurash choralari hali qollanmagan davrda ekinlar hosili 10 - 40% gacha kamaygan. Agroekologik, kimyoviy va boshqa qarshi kurash choralarining rivojlanishi tufayli bazi juda xavfli hasharotlar - chigirtka, tunlam va boshqa keltiradigan zarar keskin kamaydi. Qishloq xojaligi va ormon entomologiyasiga oid dastlabki ishlar 19-asrla paydo bolgan. Bir qancha mamlakatlar da ilmiy entomologik jamiyatlar tashkil qilingan. Zararkunanda hasharotlar ayniqsa, chigirtka va boshqalarning qishloq xojaligiga ksltirgan katta zarari i.t. ishlarini markazlashtirish hamda zararkunandalarga qarshi kurash choralarini davlat miqyosida olib borish zarurligini taqozo etdi. Shunday qilib, kopgina mamlakatlarda osimliklarni zararkunandalardap himoya qilish boyicha davlat entomologik xizmati vujudga keldi. Hasharotlarni ilmiy asosda organishni Orta Osiyoda A.P.Fedchenko, V.F.Oshanin va boshqa boshlab bergan. Toshkentda birinchi entomologik st-ya 1911 yilda ochilgan hozirgi Ozbekiston osimliklarni himoya qilish instituti. Uning vazifasi qishloq xojaligiga katta ziyon keltiradigan juda xavfli zararkunandalar ni, kasalliklarni organishdan iborat edi.

Orta Osiyoda entomologiya fani rivojiga hamda zararkunanlalarga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishga N.Zaprometov, M.Karimov, M. Kosobutskiy, N.Mirpolatova, K. Mirpolatov, V.Nikolskiy, R. Olimjonov, M.Sonina, F.M.Uspenskiy, S.Xarin, V.V.Yaxontov va boshqa katta hissa qoshdi. Tashkiliyxojalik, agrotexnik, kimyoviy va biologik qarshi kurash usullarini ozida mujassamlashtirgan osimliklarni intefal himoya usuli sistemasi ishlab chiqildi. Ozbekistonda galla, texnika va boshqa ekinlar zararkunandalari entomofaglarini kopaytiradigan 725 dan ortiq biolaboratoriyalar hamda biofabrika bor 2004. Qishloq xojaligie. sohasidagi ishlar va entomolog kadrlar tayyorlash Toshkent agrar universiteti va boshqa bir qancha institutlarda olib boriladi.

                                     

1. Adabiyot

  • Yaxontov V.V., Ekologiya nasekommx. 2-izd., M., 1969; Olimjonov R.O., Entomologiya, T., 1977; Migulin A.A., Osmolovskiy G.Ye., Selsko-xozyaystvennaya entomologiya, M., 1976; Murodov S.A., Umumiy entomologiya kursi, T, 1986.

Sulton Alimuhamedov.