ⓘ Qora korinka, Passerina nero, Panariti - ertapishar mayda gujumli urugsiz uzum navi. Vatani - Gretsiya. Italiya, Angliya, AQSH, Avstraliya, shu jumladan, Ozbeki ..

                                     

ⓘ Qora korinka

Qora korinka, Passerina nero, Panariti - ertapishar mayda gujumli urugsiz uzum navi. Vatani - Gretsiya. Italiya, Angliya, AQSH, Avstraliya, shu jumladan, Ozbekistonda tarqalgan. Qora dengiz havzasi ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Bargi ortacha, 3 - 5 bolmali, orqasida oqish tuklari bor. Guli ikki jinsli. Uzum boshi ortacha, shakli silindrsimon, gujump mayda, rangi binafsha-qizil, mumgubor bilan qoplangan. Tarkibida qand miqdori 22-26%, nordonligi 5.5 - 7%. Eti shirin, posti yupqa, Toshkent viloyati sharoitida kurtaklari bortganidan keyin 118 kunda - avg. boshida pishib yetiladi. Sovuqqa chidami ortacha. Hosildorligi 100 s/ga. Yuqori sifatli, qandolatchilik sanoatida kop ishlatiladigan xushboy "Korinka" mayizi, vinolar tayyorlanadi.