ⓘ Qorajanjal, Qorasemiz - xalq seleksiyasida chiqarilgan orta kechpishar mahalliy xoraki va mayizbop uzum navi. Tupi kuchli osadi. Bargi ortacha, togarak, usti ya ..

                                     

ⓘ Qorajanjal

Qorajanjal, Qorasemiz - xalq seleksiyasida chiqarilgan orta kechpishar mahalliy xoraki va mayizbop uzum navi. Tupi kuchli osadi. Bargi ortacha, togarak, usti yaltiroq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik - 300 - 400 g, keng konussimon, zichligi ortacha. Gujumi yirik, seret, shirali, oval yoki silindrsimon; binafsha-qoramtir, posti qalin. Tarkibida 25 - 27% qand bor, nordonligi 4 - 7%, sentabrda pishadi. Uzumining sifatliligi jihatidan xoraki navlar orasida 1-orinlarda turadi. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi. Toshkent, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ostiriladi.