ⓘ QUVASOYSEMENT AKSIYADORLIK JAMIYATI - qurilish materiallari sanoati korxonasi. Ozqurilishmateriallari uyushmasi tarkibiga kiradi. Fargona viloyati Quvasoy shahr ..

                                     

ⓘ Quvasoysement aksiyadorlik jamiyati

"QUVASOYSEMENT" AKSIYADORLIK JAMIYATI - qurilish materiallari sanoati korxonasi. "Ozqurilishmateriallari" uyushmasi tarkibiga kiradi. Fargona viloyati Quvasoy shahrida. Qurilish va sanoat industriyasida ishlatiladigan sulfatga chidamli M-400E0, M-400SH0, M-500 portlandsementi, tamponaj portlandsementi, mineral qoshimchali suvbardosh portlandsement, oltin qazib olish sanoatida ishlatiladigan yanchilgan ohak, keramika cherepitsalari, olovbardosh gisht, shifer, qurilish gipsi va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqaradi. 1927 yilda sement zavodi sifatida qurila boshlanib, 1932 yil 1 fevral da ishga tushirilgan. 3-d ishga tushgan yili 43 ming t sement ishlab chiqarilgan. 1956 - 61 yillarda korxona rekonstruksiya qilindi. 1959 yil i sement ishlab chiqaradigan va aylanma pechi uz. 150 m bolgan 2 ta yangi texnologik liniya qurilib, ishga tushirildi. 1958 yilda ohak zavodi, shifer korxonasi bilan birlashtirilib Quvasoy sement k-tiga aylantirildi. 1974 - 76 yillarda eski shifer qoliplash mashinalari orniga yangi avtomatik liniyalar ornatildi.1995 yil avg.dan aksiya-dorlik jamiyati. 1996 - 2001 yillarda korxona sexlarida zamonaviy texnologiyalar ornatildi. Klinkerni kuydirishning jami jarayonlari kompyuterlar orqali nazorat qilinadi va boshqariladi.

Lagan ohaktosh koni ozlashtirildi. 1998 yilda ishlangan rudalardan oltin ajratib oladigan "Zarafshon-Nyumont" Ozbekiston-Amerika koshma korxonasi ehtiyojlari uchun hamda Respublika issiklik elektr markazlarida suvning qattiqligini yoqotadigan tuyilgan ohak ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqildi va joriy etildi. Mahsulotlari Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgonistonga eksport qilinadi. Mahsulotlari jahon standartlari darajasida bolgani uchun Madrid 1994, Jeneva 1999, Frankfurtmayn 2004 korik tanlovlarida "Sifat uchun oltin yulduz" bilan mukofotlangan. 2004 yil korxonada 860.7 ming t turli markadagi sement, 28.7 ming t ohak, 4552 t maydalangan ohak, 7083 t qurilish gipsi, 150.2 ming dona shartli shifer taxtalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Shuhrat Tojiboyev.