ⓘ Quyosh magnetizmi - Quyoshda magnit maydon mavjudligi bilan bogliq murakkab va ozgaruvchan hodisalar majmui. Quyosh faolligi Quyosh magnetizmining ozgaruvchan t ..

                                     

ⓘ Quyosh magnetizmi

Quyosh magnetizmi - Quyoshda magnit maydon mavjudligi bilan bogliq murakkab va ozgaruvchan hodisalar majmui. Quyosh faolligi Quyosh magnetizmining ozgaruvchan tabiatini bevosita namoyon qiladi. Quyosh magnit maydonini 1908 yilda amerikalik astronom J.Xeyl kashf etgan. Quyosh magnit maydonlari Zeyeman effekti asosida olchanadi. Quyosh faol, fon va umumiy sohalar magnit maydonlarini ajratish mumkin. Faol sohalar eng kuchli mag-nit maydonlariga ega. Mas, Quyosh doglari markazida magnit maydon kuchlanganligi 2000 - 5000 E. Umuman Quyosh doglari magnit maydon kuchlanganligi 1400Edan ortiq bolganda hosil boladi. Faol sohalar magnit maydonlarida yigilgan energiya juda katta va nobarqaror jarayonlarga manba boladi. Bazi Quyosh chaqnashlari paytida YU32 energiya ajralib chiqadi. Fon magnit maydonlari faol sohalar atrofida ±55° geliografik kengliklarda uchraydi, ularni yakka va qarama-qarshi qutbli magnit sohalar tashkil etadi. Bundan tashqari, ularga katta masshtabli tartiblangan gigant tizilmalar ham kiradi. Quyosh qutblari yaqinida kuzatiladigan sust, kichik masshtabli murakkab strukturalardan iborat mag-nit maydonlar Quyoshning umumiy magnit maydoni deb qabul qilingan. Bu magnit maydon poloi-dal xususiyatga ega, yani Quyosh aylanish oqiga nisbatan simmetrik va har bir Quyosh qutbida qarama-qarshi magnit qutbiylik ustun boladi. Umumiy, faol va fon sohalar magnit maydonlari Quyosh faolligi davri bilan ozga-radi. Faol sohalar magnit maydonlari Quyosh sathiga uning ostki qatlamlaridan qalqib chiqadi. Umuman fon magnit maydonlarini faol sohalarning kengayish natijasida tarqalgan magnit maydonlarining qoldiqlari va umumiy maydonni esa Quyosh qutblariga qarab kochgan fon magnit may-donlari hosil qiladi deb hisoblash mumkin. Hozirgacha Quyosh magnetizmining tabiati mukammal organilmagan.