ⓘ Quyosh shamoli - quyosh plazmasining sayyoralararo fazoga uzluksiz radial oqib chiqishi. Aslida quyosh shamoli quyosh tojining tashqi qatlamlaridan yuqori energ ..

                                     

ⓘ Quyosh shamoli

Quyosh shamoli - quyosh plazmasining sayyoralararo fazoga uzluksiz radial oqib chiqishi. Aslida quyosh shamoli quyosh tojining tashqi qatlamlaridan yuqori energiyali zarralar - proton va elektronlar - sochilib turishidir.

Terminni birinchi bolib amerikalik fizik Ye.Parker kiritgan 1958.

Quyosh tojining doimo 1.5 - 2 mln. K gacha qizishi nurlanish orqali sarflanayotgan energiya bilan muvozanatda bolmaydi. Qoldiq energiyani quyosh shamoli olib ketadi.

Quyosh shamoli plazmasi quyosh tojidagi singari asosan proton, elektron va geliy atomlari yadrolaridan iborat. Zarralar zichligi 1m³ da taxminan 6 mln.ga yetadi va ularning ortacha tezligi 400 km/sek. Quyosh shamoli moddasi quyosh magnit maydonlarini ozi bilan olib ketadi. Quyosh shamoli fazoda yer magnit maydonini cheklaydi va yer orbitasi yaqinidagi orbitada? erstedni tashkil etadi. Quyosh shamoliga oxshash moddalarning oqib chiqishi bazi yulduzlarda ham kuzatiladi.