ⓘ Qullik - ekspluatatsiyaning tarixan dastlabki va eng qopol shakli, unda qul ishlab chiqarish qurollari qatorida, oz xojayini - quldorning mulki hisoblangan. Qul ..

                                     

ⓘ Qullik

Qullik - ekspluatatsiyaning tarixan dastlabki va eng qopol shakli, unda qul ishlab chiqarish qurollari qatorida, oz xojayini - quldorning mulki hisoblangan. Quldorlik tuzumiga asos bolgan. Q.ning manbai: urush yoki qaroqchilik paytida asir olingan begona qabila azolari, jinoyat qilgan yoki qarzlarini tolay olmagan qabi-ladoshlar, shuningdek, qullarning tabiiy kopayishi, qullar savdosi va boshqa Quldorlar jabr-zulmi qullarning yirik qozgolonlariga sabab bolgan.

Yaqin va Orta Sharq musulmon mamlakatlarida Q. birmuncha keng tarqalgan. Islom dini musulmonlarni qul qilishni taqiqlagan, shuning uchun urushlar paytida asir tushgan va Yevropa, Osiyo va Afrika bozorlaridan sotib olingan gayridinlar Q.ning asosiy manbai bolgan. Musulmon Sharqi mamlakatlarida qullar ogir ishlarda - konlarda, qoshinlarda xizmat qilishgan qarang Mamluklar. Osiyo, Afrika va Amerika mamlakatlarining mustamlaka asoratiga solinishi munosabati bilan 16-asr Q.ning yangi bos-qichi boshlangan. 17 - 19-asrlarda qul savdosi avj olgan. Amerikaga kelti-rilgan qullarning umumiy soni 10 mln. kishidan oshib ketgan. Plantatsiyalarda ogir mehnat qiluvchi qullarga ish hayvoni sifatida qaralgan. Kullar qarshiligining kuchayishi va Q.ka qarshi keng jamoatchilik harakatining avj olishi natijasida Q. bekor qilina boshlagan. Mas, AQShdagi fuqarolar urushi 1861 - 65 natijasida Q. bekor qilingan. Biroq Markaziy va Jan.Arabistonda va Afrikaning bazi mamlakatlari Efiopiya, Nigeriya va boshqalarda q. 20-a.ning 50-yillarigacha saqlangan. BMT 1948 yil qabul qilgan Inson huquqi umumiy dekla-ratsiyasining 4-moddasida Q. va qul savdosining hamma turlari taqiqlanishi elon qilingan. 1956 yil Jene-vada 59 davlat vakillari Q. qul sav-dosi va Q.ka oxshash odatlar majburiy mehnat va boshqalarni bekor qilishga doir konvensiya qabul qilishgan. Orta Osiyo mamlakatlarida Q. klassik shaklda namoyon bolmagan. Bu yerla qullardan uy xizmatlari qarollar, gulomlar va boshqa sifatida foydalanilgan. Harbiy ishga olingan gulomlar bazan, keyinchalik yirik lavozimlarga erishganlar qarang Sabuktegin.

Jumanov Umrbek