ⓘ Quloq ogirligi - eshitish qobiliyatining pasayishi. Bolalarda ko-pincha otkir yoki surunkali otit, burun va burun-yutqin kasalliklari oqibatida yuzaga keladi. E ..

                                     

ⓘ Quloq ogirligi

Quloq ogirligi - eshitish qobiliyatining pasayishi. Bolalarda ko-pincha otkir yoki surunkali otit, burun va burun-yutqin kasalliklari oqibatida yuzaga keladi. Eshituv nervi va ichki quloqdagi patologik jarayonlar kopincha Quloq ogirligiga sabab boladi. Bazan tugma va bolalikdagi Quloq ogirligi sababli bola nutqi buzilishi mumkin. Kattalarda otoskleroz, ichki quloqda qon aylanishining buzilishi, eshituv nervining yoshga qarab ozgarishi, shuningdek, uzoq vaqt kuchli shovqin tasiri va surunkali intoksikatsiya ham Quloq ogirligiga olib keladi. Quloq ogirligi yengil, ortacha vaogir kechadi. Davosi: Quloq ogirligi ga sababchi omillar yoqotiladi, turli dori-darmonlar yoki operatsiya yoli bilan davolanadi. Koproq eshituv apparatlari qollaniladi.