ⓘ QULOQLASHTIRISH. quloqlar - mustabid sovet rejimining badavlat va orta hol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugatish siyosati. Orta Osiyoda yer-suv isl ..

                                     

ⓘ Quloqlashtirish. quloqlar

QULOQLASHTIRISH. "quloqlar" - mustabid sovet rejimining badavlat va orta hol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugatish siyosati. Orta Osiyoda yer-suv islohoti otkazilishi jarayonida qishloqlardagi badavlat xonadonlarni "mushtumzor" sifatida badarga qilish boshlangan. Bu islohot davridayoq 28 ming yirik va orta mulkdorlarning xojaliklari tugatilgan va ularning yerlari musodara qilingan edi. Sovet hukumati qishloq xojaligini jamoalashtirish davridan boshlab quloqlarni sinf sifatida tugatishga jiddiy tayyorgarlik korgan.

VKPbMK Siyosiy byurosining "yoppasiga jamoalashtirish rayonlarida quloq xojaliklarini tugatish tadbirlari togrisida"gi qarori va VKPbMK Orta Osiyo byurosining "Quloqlarni sinf sifatida tugatish bilan bogliq tadbirlar togrisida"gi korsatmalari 1930 yil 26 yanvar asosida Ozbekiston Kompartiyasi MK 1930 yil 17 fevralda "Kollektivlashtirish va quloq xojaliklarini tugatish togrisida" qaror qabul qilgan. Ozbekiston SSRda quloq xojaliklarini tugatish kompaniyasi shu qarordan song avj olgan.

Q. va ortahol dehqonlarga nisbatan zorlik qilish respublikadagi siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi. Dehqonlarning noroziligi kuchayib, Fargona va Zarafshon vodiylari, boshqa hududlarda ommaviy norozilik namoyishlari, sovet tuzumiga qarshi isyonlar va qurolli chiqishlar yuz berdi. Bazi isyonlar qurolli qozgolon darajasiga kotarilgan. Faqat Qashqadaryo okrugida 1930 yil boshlarida dehqonlarning 14 ta norozilik chiqishlari yuz berib, ularda 3700 kishi ishtirok etgan. 1930 yil mart oyida OzSSRda 240 ta, SSSRda 2 mingdan ortiq qurolli chiqishlar qayd etilgan.

"Quloqlar" sifatida royxatga olingan badavlat xojaliklarning molmulki toliq musodara qilinib, ularning oilalari ozga yurtlar ga surgun qilingan. Shuningdek, respublikaning ozida quloqlar uchun maxsus konsentratsion lagerlar va kochirib keltirilganlarning majburiy mehnat posyolkalari 17 ta tashkil qilingan. Sovet hokimiyatiga qarshilik qilgan "quloqlar" esa qamoqqa olingan va otib tashlangan.

"Quloqlar"ga qarshi kurash OzSSR da kun sayin kengayib borgan. 1931 yil avg.da 3828 ta "quloq" xojaliklari tugatilgan, 3871 xojalik "quloq oila-si" sifatida Ukraina, Sibir va Shim. Kavkazga surgun qilingan. Rasmiy malumotlarda korsatilishicha, 1933 yilda Ozbekistonda surgun qilingan "quloq" xojaliklari son 5500 taga yetgan.

Orta Osiyo respublikalaridagi majburiy mehnat kochkindilarining soni 1934 yil 1 yanvar holatida 29559 kishi bolsa, oradan bir yil otgach, ularning soni 12039 kishiga tushib qolgan.

1933 yilda Q. siyosati, asosan, amalga oshirib bolingan. Biroq 1934 - 37 yillarda ham koplab badavlat dehqon xojaliklari "quloq" qilingan.

Sovet rejimi qishloqda oz hokimiyatini tola ornatib, jamoalashtirishni amalga oshirib bolgach, surgun qilingan "quloq" xojaliklariga nis-batan oz siyosatini bir oz "yumshatgan". Mas, SSSR MIK 1934 yil 27 mayda"Sobiq quloqlarning grajdanlik huquqlarini tiklash tartibi togrisida" qaror qabul qilib, unda "quloqlar"ning saylov huquqlari tiklangan.

Ikkipchi jahon urushi davrida majburiy mehnat kochkindilari tarkibida katta ozgarishlar yuz bergan. Urushgacha va urushning dastlabki davrida "quloqlar" va ularning chaqiriq yoshidagi farzandlarini mehnat surgunidan ozod qilish boshlangan edi. Urush boshlangach, bu jarayon ham toxtatildi. 1942 yilda SSSR hududida mehnat surgunida bolgan 100 ming kishi OzSSRda 1152 kishi - "quloqlar" harakatdagi armiya safiga chaqirilib, frontga jonatilgan.

Sovet tuzumi davrida quloqlikka tortilib, surgun qilinganlardan tirik qolganlarining erkin fuqarolik maqomini olib, oz yurtiga qaytish jarayoni juda ogir kechib, u taxminan 20 yildan koproq vaqt 1934 - 56 yilni oz ichiga oladi.

"Quloq" qilinganlar miqdori togrisida tarixiy adabiyotlar va arxiv manbalarida turli raqamlar keltiriladi. Faqat 1930 - 31 yillarda SSSRdagi maxsus posyolkalarga ishlash uchun kochirib keltirilgan "quloqlar" soni 1803000 kishi 391 026 xojalik bolgan. Ayrim tad-qiqotchilar hisobiga kora, "quloq" qilinganlar 3.5 - 9 mln. kishi atro-fida edi.

Ozbekistonda tugatilgan va surgun qilingan "quloq" xojaliklarining aniq miqdori hozirgacha toliq aniqlanmagan. Bazi malumotlarga kora, bu davrda 20 ming "quloq" xojaliklari taxminan 80 000 - 100 000 kishi badarga qilingan, ulardan 31 700 kishi esa repressiyaga uchragan. Faqat 1931 yil avg. - 1932 yil may oylari ichida respublikadan 9 651 xojalik 61 872 kishi "quloqlar" sifatida sur-gun qilingan.

                                     

1. Adabiyot

  • Golovanov A. A. Krestyanstvo uzbekistana: evolyutsiya sotsialnogo polojeniya 1917-1937 gg., T. 1992: Aminova R.X. Vozvrashayas k istorii kollektivizatsii v uzbekistane, T., 1995; Ozbekistonning yangi tarixi, 2-kitob "Ozbekiston sovet mustamlakachiligi davrida), T., 2000; Ozbekiston tarixi 1917-1991 yil. T. 2000: Shamsutdi-nov R., Ozbekistonda sovetlarning quloklashtirish siyosati va uning fojeali oqibatlari, T., 2001; Shamsutdinov R., Qishloqfojeasi: jamoalashtirish, quloklashtirish, surgun, T., 2003.

Rustambek Shamsutdshyuv, Qahramon Rajabov.