ⓘ Qumloq sustkashi - qora qongizlar oilasiga mansub hasharot. Old yelkaning yon qirralari otkir, barmoqlari oddiy tir-noqli. Rivojlanish sikli bir-ikki yil davom ..

                                     

ⓘ Qumloq sustkashi

Qumloq sustkashi - qora qongizlar oilasiga mansub hasharot. Old yelkaning yon qirralari otkir, barmoqlari oddiy tir-noqli. Rivojlanish sikli bir-ikki yil davom etadi. Qongizlari 4 yilgacha yashaydi. Qongiz va lichinka holida qishlaydi. Qongizlari bahorda har xil osimliklar, jumladan, goza, makkajoxori, qand lavlagi nihollari va boshqa chopiktalab ekinlar poyasi, bargi hamda urugpallalarini kemirib, zarar yetkazadi. Bularning yashashi va oziqlanishi uchun ozlashtirilmagan yerlar, yaxshi ishlov beril-magan ekinlar juda qulay. Har yili tuproqqa 500 tacha tuxum qoyadi. lichinkasi boshqa qora qongizlarniki kabi soxta simqurtlar bolib, rivojlanishi ikki oy davom etadi. Tuproqda gumbakka aylanadi. Gumbaklik davri 2 - 3 hafta. Qumloq sustkashi - qurukliksevar hasharot. Shuning uchun qurgoqchilik yillari juda kopayib, katta zarar keltiradi. Sernam tuproq ular rivojiga yomon tasir etadi. Kurash choralari: tuproqni yumshatish, oz vaqtida sugorish; xlorofos yoki boshqa insektitsidlar bilan zaharlangan xoraklar sepish.