ⓘ Qusish, qayt qilish - meda, diafragma, qorin devori va boshqa musqullarning spazmatik qisqarishi natijasida meda ichidagi narsalarning gayriixtiyoriy ravishda o ..

                                     

ⓘ Qusish

Qusish, qayt qilish - meda, diafragma, qorin devori va boshqa musqullarning spazmatik qisqarishi natijasida meda ichidagi narsalarning gayriixtiyoriy ravishda ogizdan tashqariga chiqarilishi. Meda va ichki azolar, markaziy hamda periferik nerv sistemasining tasirlanishi yoki kasalligi oqibatida roy beradi. Q. meda shilliq qavatining tasirlanishiga nisbatan organizmning himoya - moslanish reaksiyasi bolib, kopincha yutib yuborilgan yot jismlar, sifatsiz ovqat va turli zaharli moddalar tasirida sodir boladi. Q. tufayli organizm zararli, bazan hatto hayot uchun xavfli moddalardan xalos boladi. Medaning bazi kasalliklari da Q.dan oldin kongil ayniydi, odatda Q.dan song bemor ozini yengil his qiladi. Q. yurak, ot pufagi, appendiks, buyrak va boshqa azolar funksiyasi izdan chiqqanda medaga reflektor tasir etishi natijasida ham paydo bolishi mumkin. Q. bosh miya va uning pardalari kasalliklari, miyada qon aylanishining buzilishi belgisi bolishi, shuningdek, emotsi-onal buzilishlar tufayli yuzaga kelishi ham mumkin. Homiladorlarning qusishi kopincha homiladorlik toksikozlarining alomati boladi.

Q. vaqtida, ayniqsa, ogir va hush-siz yotgan bemorlarga koz-quloq bolib turish kerak, chunki bunday hollarda qusuq nafas yollariga tushib, bemor bogilib qolishi, opkasi yalliglanishi mumkin. Qayt qilayotgan bemorni otqazib qoyish yoki boshini pastga qilib, yonboshi bilan yotqizish lozim. Agar bemor yotgan bolsa, uning boshini yon tomonga qaratib, qusib bolguncha shu holatda ushlab turish kerak, qusib bolgach esa uning ogzini chaydirish, madorsiz bemorlar ogzini hol tampon bilan tozalab olish lozim. Qusuq tarkibida qon bolsa darhol vrach chaqirish zarur. Q. istemol qilingan oziq-ovqat yoki dori vositalariga aloqador bolsa, ularni qollamaslik kerak. Agar Q. sababsiz roy bersa, vrachga murojaat qilib, Q. da yuz bergan holatni taf-sillash hamda qusuq massasini vrachga korsatish talab etiladi, chunki uning tashqi korinishi, tarkibi va boshqa qusish sabablarini aniqlashga yordam beradi. Bolalarda Q. kattalarga nisbatan koproq kuzatiladi. Q.ning barcha hollarida tezlik bilan vrachga murojaat qilish kerak. Faqat tibbiy tekshirishlargina q. sabablarini aniqlash va uni oz vaqtida oldini olish hamda davolash imkonini beradi.