ⓘ Qongirbosh - boshoqdoshlar oilasiga mansub bir va kop yillik otsimon osimliklar turkumi; yem-xashak ekini. Asosan, sovuq va ortacha iqlimli mintaqalarda 300 ga ..

                                     

ⓘ Qongirbosh

Qongirbosh - boshoqdoshlar oilasiga mansub bir va kop yillik otsimon osimliklar turkumi; yem-xashak ekini. Asosan, sovuq va ortacha iqlimli mintaqalarda 300 ga yaqin turi malum. Ozbekistonda piyozli q., biryillik Q., ozgacha q., qisqa tilchali q. ormon Q.i, oddiy Q., maysazor Q.i, ingichkabarg Q. kabi turlari kop tarqalgan. Kop yillik maysazor Q.i muhim xojalik ahamiyatiga ega. Boyi 10 - 30 sm, rovagi 30 sm gacha, yoyiq. Boshoqchalari 3.5–6 mm, gullari 2 - 5 ta. May - avgustda gullab uruglaydi. 100 kg kok massasida 24 - 25 ozuqa birligi va 3.5 kg hazm boladigan protein bor. Chol, adir va tog zonalarida, ariq va daryo boylarida, daraxtzor va butazorlarda, otloqlarda osadi. Ekma madaniy yaylovlar va gazonlar barpo etishda foydalaniladi. Chorva mollari xush korib yeydi.